Oʻrta Misr ( — Miṣr al-Wisṭā) — Quyi Misr (Nil deltasi) va Yuqori Misr oraligʻida joylashgan, janubda Asyutdan shimolda Memfisgacha choʻzilgan hudud Print. Qadimgi Misr davrida mamlakat faqat Quyi va Yuqori Misrga boʻlingan boʻlib, Oʻrta Misr texnik jihatdan Yuqori Misrning bir qismi hisoblangan. Faqat XIX asrga kelibgina arxeologlar Yuqori Misrni ikki qismga ajratish zaruratini sezganlar va Qohira hamda Qena burilishi orasidagi daryo boʻyidagi hudud uchun „Oʻrta Misr“ atamasini muomalaga kiritganlar. Ushbu hudud, shuningdek, „Geptanomis“ (yunoncha: ἡ Επتاνομίς — „Yetti nom“, bu oʻrinda nom — Qadimgi Misrning maʼmuriy-hududiy birligi) deb ham atalgan va Tebadani Deltadan ajratib turuvchi okrug hisoblangan.

Bugungi kunda Oʻrta Misr geografik jihatdan Yuqori Misrning bir qismi boʻlsa-da, madaniy jihatdan Quyi Misrga yaqinroq boʻlgan Nil vodiysi qismi sifatida qaraladi. Masalan, tili jihatidan Bani Suvayf va undan shimolda yashovchi aholining Misr arab tili janubdagi Saidi arab tilidan koʻra koʻproq Qohira va Delta qishloq lahjalariga yaqin hamda ular koʻpincha saidiylarga mansub deb hisoblanmaydi.

Geptanomis mintaqa|thumb|Geptanomida

XIX asrda Geptanomis, umuman olganda, Tebadani Deltadan ajratib turuvchi okrug sifatida tasvirlangan. Biroq „Yetti nom“ atamasi hududiy emas, balki koʻproq siyosiy nomlanish boʻlganligi sababli ushbu mintaqaning aniq chegaralarini belgilash birmuncha murakkab. Mintaqaning shimoliy qismi Quyi Misr podsholigiga tegishli boʻlib, uning poytaxti Memfisni oʻz ichiga olgan; janubiy qismi esa Nil vodiysida ikkita monarxiya mavjud boʻlgan davrda qadimiy Tiva podsholigiga qarashli boʻlgan.

Katta Voha va Kichik Voha har doim Geptanomis tarkibiga kiritilgan. Ushbu okrugning poytaxtlari, shuningdek, Oʻrta yerning eng yirik shaharlari hisoblangan. Mintaqada Misr meʼmorchiligi va muhandisligining uchta eng buyuk yodgorligi: Misr ehromlari,Labirint hamda Bahr Yusuf (Yusuf kanali) kanali orqali hosil qilingan Fayyum sunʼiy tumani joylashgan.

Ptolomeylar hukronligi davrida Geptanomis epistratig (noib) tomonidan, Rim imperiyasi davrida esa prokurator tomonidan boshqarilgan. III asrda shimoliy beshta nom Leptopolit nomi bilan birga Arkadiya(Misr) viloyatiga birlashtirilgan.

Geptanomisning poytaxt shaharlari birgalikda „Geptapolis“ („Yetti shahar“) deb atalgan va ularga Memfis, Gerakleopol, Krokodilopol (keyinchalik Arsinoe), Afroditopol, OksirinX, Kinopol va Germopol kirgan.

Yirik shaharlari Bani Suvayf Al-Minya Giza Fayyum

Manbalar

Havolalar

Geptanomida koʻrinishlari va xaritalari

Turkum:Qadimgi Misr geografiyasi Turkum:Qadimgi Misr shaharlari