Rowan Crothers (1997-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik erkin usulda suzuvchi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Avstraliya sharafini himoya qilgan. Rowan Tokio Paralimpiya oʻyinlarida ikkita oltin va bitta kumush, Parij Paralimpiya oʻyinlarida esa ikkita kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Crothers 1997-yil 24-oktyabrda Yangi Janubiy Uelsning Markaziy sohilida joylashgan Gosford shahrida muddatidan 15 hafta ilgari dunyoga kelgan va hozirda Kvinshlend shtatining Muruka shahrida istiqomat qiladi.
Rowan Newmarket davlat maktabi, Kelvin Grove davlat kolleji va St Laurenceʼs kollejida tahsil olgan.
Muddatidan ilgari tugʻilishi oqibatida Crothersda bolalar falaji va oʻpkaning surunkali shikastlanishiga olib keladigan bronx-oʻpka displaziyasi rivojlangan. Uning bolalar falaji koʻproq tanasining pastki qismida koordinatsiya va harakat nazoratiga taʼsir qilgan, biroq yuqori qismiga ham kamroq darajada taʼsir koʻrsatgan. U suv havzasida harakatlanish va tana holatini nazorat qilish imkoniyatini maksimallashtirish uchun maxsus texnika ustida muntazam ishlagan.
Crothers 2020-yilda suratga olingan „No Distinguishing Features“ nomli hujjatli filmda ishtirok etgan.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlarlar]] Turkum:Avstraliya sportchilari