Dubay xalqaro muqaddas Qurʼon mukofoti () — Dubay hukumati homiyligida Qurʼonni yod olish va qiroat qilish boʻyicha har yili beriladigan mukofot. 1997-yilda Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al Maktum farmoniga binoan taʼsis etilgan. Mazkur mukofot Qurʼonni yod olishda yuqori natijalarga erishgan yuzlab kishilarga topshirilgan boʻlib, uning xalqaro yoʻnalishida dunyoning turli burchaklaridan kelgan qorilar ishtirok eta oladi.
2026-yilgi 1-oʻrin egalari — har biri 1 million AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qoʻlga kiritgan iroqlik Karrar Layth Saad (erkaklar oʻrtasida) va misrlik Jana Ehab Ramadan (ayollar oʻrtasida) boʻldi.
Yana qarang Muhammad VI nomidagi muqaddas Qurʼon mukofoti
Havolalar
Dubai International Holy Quran Award website Dubai International Holy Quran Award website
Manbalar
Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari Turkum:Qurʼon qiroati