Abulhasan Abduljabbor ibn Ahmad ibn Xalil ibn Abdulloh Hamadoniy Asadobodiy (935-yil — 1025-yil) fors Moʻtaziliy ilohiyotshunos, faqih va hadis olimi boʻlib, u Buvayhiylar sulolasining bosh qozisi — Qozil quzzoti sifatida yodga olinadi. U, shuningdek, Shofi’iy mazhabi izdoshlaridan biri boʻlgani rivoyat qilinadiJane Dammen McAuliffe. Encyclopaedia of the Qurʼān. 2003, volume 3. Page 439. Article by Claude Gilliot.. Abduljabbor „al-Jabborning quli“ degan maʼnoni anglatadiJuan Eduardo Campo. Encyclopedia of Islam (2009). Page 515. "The Quran states, „The most beautiful names belong to God (Allah) so call on him by them; but shun such men as use profanity in his names: for what they … of God), Abd al-Salam (Servant of Peace), or Abd al-Jabbar (Servant of the Powerful).“. Ibn Subkiyning qayd etishicha, muʼtaziliylar uni „Qozil quzzot“ (قاضي القضاة) deb ataydilar va bu unvonni boshqa hech kimga bermaydilarSubki, Tabaqat al-Shafi’iyah: Page 220.
Abduljabbor Hamadon yaqinidagi Asadobodda tugʻilgan. U avval Bagʻdodda yashagandi, soʻngra hijriy 367-yil/ milodiy 978-yilda u yerning hokimi, muʼtaziliy ilohiyot harakatining sodiq tarafdori boʻlgan Sohib ibn Abbod tomonidan Ray shahriga taklif etilgan. U viloyatning bosh qozisi etib tayinlandi. 995-yilda ibn Abbod vafotidan soʻng, Abduljabbor oʻz marhum homiysi haqida aytgan hurmatsiz soʻzi sabab Faxr ad-Davla — buyiy amiri tomonidan lavozimidan olinib, hibsga olindi. U keyinchalik hijriy 415-yil/1025-yilda vafot etgan.
Qozikalon Abduljabborning eng mashxur asari — Kitob al-mugʻni fi abvob at-tavhid va-l-adl („yakkalik va adolat boblari boʻyicha mukammal kitob“), qisqartirib al-Mugʻni deb ham yuritiladi, yigirma jildlik, muʼtaziliy ilohiyotga oid keng qamrovli „summa“ janridagi asari boʻlib, koʻlami jihatidan Avliyo Foma Akvinskiyning Summa Theologica va Summa Contra Gentiles asarlariga tenglashtiriladi. Unda moʻtaziliy taʼlimot Xudoning yagonaligi (tavhid) va Uning adolati (adl) degan ikki asosiy boʻlim ostida bayon etilgan. U ash’ariylar tomonidan Allohning azaliy kalomi bilan Qur’onning yaratilgan lafzlari oʻrtasida farq qoʻyilishi Allohning irodasini anglab boʻlmas holga keltiradi, deb hisoblagan. U va uning moʻtaziliy doirasi Ibn Sino (Gʻarbda Avitsenna nomi bilan mashhur)ning zamondoshlari boʻlgan.
Manbalar