Qori Amonullo Neʼmatzoda (; 1935-yil 5-oktyabr, Buzurgiyon qishlogʻi, Obigarm tumani — 2010-yil 6-sentyabr, Dushanbe) — taniqli islom ulamosi va jamoat arbobi, Tojikiston muftiysi (1996—1997), Tojikiston Islom markazi Ulamolar kengashi raisi (1997—2010).
Tarjimayi holi Amonullo Neʼmatzoda 1935-yil 5-oktyabrda Gʻarm okrugining sobiq Obigarm tumanidagi (hozirgi Rogʻun tumani) Buzurgion qishlogʻida tugʻilgan. U diniy taʼlimni dastlab ota-onasidan, soʻngra Qori Hikmatulloh, Eshon Ahmadxoʻja va Mavlaviy Muhammadjon Qoʻqondiy (Hindustoniy) kabi ulamolardan olganФАЙЗОБОД. Энсиклопедия. — Душанбе, 2011. СИЭМТ, С. 188. — 392 саҳ. — ISBN 978-99947-33-48-4.
Faoliyati 1983-yilgacha Tojikiston SSRning turli muassasalarida oddiy xizmatchi boʻlib ishlagan. 1983–1989-yillarda Dushanbe shahridagi Shohmansur masjidida, 1989–1993-yillarda Rudakiy tumanida joylashgan Hazrati Mavlono Yoqub Charxiy nomidagi masjidda besh vaqt namoz imomi, 1993–1996-yillarda esa ushbu masjidning xatibi boʻlgan. 1996–1997-yillarda Tojikiston Respublikasi muftiysi lavozimiga saylangan. 1997-yilda esa Tojikiston Respublikasi Islom markazi raisi hamda Ulamolar kengashi raisi etib saylangan va umrining oxirigacha shu lavozimda faoliyat yuritgan.
Amonullo Neʼmatzoda bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, MDH Diniy kengashi hamda Liviya Arab Jamahiriyasidagi Islom olami daʼvati jamiyati aʼzosi boʻlgan.
Amonullo Neʼmatzodaning Tojikiston Respublikasi musulmonlari yetakchisi sifatida masjidlar faoliyatini rivojlantirish, har qanday ekstremistik oqimlarning oldini olish borasidagi xizmatlari yaqqol koʻzga tashlanadi. Turli yillarda u hanafiylik taʼlimotini keng yoyish, islom maʼrifatini yuksaltirish, shuningdek, musulmonlar va diniy birlashmalar tomonidan mamlakat qonunlariga rioya etilishini taʼminlashga salmoqli hissa qoʻshgan.
Vafoti Amonullo Neʼmatzoda 2010-yil 6-sentyabrda 75 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. Qori Amonullo Neʼmatzodaning dafn marosimi 2010-yil 7-sentyabr kuni Fayzobod tumanining Elok qishlogʻida boʻlib oʻtdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha diniy arboblar Turkum:Tojikistonlik muftiylar Turkum:Tojikistonlik diniy arboblar