Lars von Trier (; tugʻilganda Lars Trier, 1956-yil 30-aprelda Kongens Lyngbyda tugʻilgan) — daniyalik kinorejissyor va ssenariynavis. Faoliyatini 1960-yillar oxirida televizion serialda bolalar aktyori sifatida boshlagan.
Trier rejissyor Tomas Vinterberg bilan birga „Dogma 95“ kino harakatiga asos solgan va „Zentropa“ kinokompaniyasining hammuassisidir. Uning koʻplab filmlari Cannes kinofestivalida mukofotiga loyiq deb topilgan, ammo 2011-yilda bir intervyudagi hazili uchun uni „persona non grata“ deb eʼlon qilgan.
Biografiyasi
Lars Trier Kopengagenning shimolidagi Kongens Lyngby shahrida tugʻilgan, ota-onasi — Inger Xyost va Ulf Trier. Kopengagen universitetida kino nazariyasini, Daniya milliy kino maktabida esa rejissyorlikni oʻrgangan. 25 yoshida Myunxen xalqaro kino maktablari festivalida ikki marta eng yaxshi maktab filmi mukofotini olgan.
1987–yilda prodyuser va aktrisa Sesiliya Xolbekka uylangan, 1997–yilda esa Bente Fregeda bilan turmush qurgan. U samolyotda uchishdan qattiq qoʻrqadi, shu sababli deyarli barcha filmlarini Daniya yoki Shvetsiyada suratga olgan. 2022-yil avgustda unga Parkinson kasalligi tashxisi qoʻyilgan.
Kino faoliyati
1984-yilgi „Jinoyat elementi“ (The Element of Crime) filmi Trierning birinchi yirik muvaffaqiyati boʻlgan, u Cannes kinofestivalida Texnik Grand-pri bilan taqdirlangan va „Oltin palma novdasi“ga nomzod boʻlgan. Bu film rejissyor „Yevropa trilogiyasi“ deb atagan uch filmning birinchisi boʻlib, trilogiyaning qolgan filmlari — „Epidemiya“ (1987) va „Yevropa“ (1991) edi va oxirgisi Cannes kinofestivalining Hakamlar hayʼati mukofotini olgan. 1992-yilda Trier prodyuser Peter Olbek Yensen bilan „Zentropa“ kinokompaniyasiga asos solgan. 1994 va 1997-yillarda esa Daniya milliy kasalxonasida kechadigan „Qirollik“ (Riget) mini-seriallarini yaratgan. 1995-yilda Vinterberg bilan „Dogma 95“ manifestini eʼlon qilgan va unga koʻra rejissyorlar studiya yoritgichlari, dekoratsiya, kostyum va tashqaridan qoʻshilgan musiqadan voz kechishlari kerak edi.
Xalqaro shuhratni unga „Oltin yurak“ trilogiyasi olib kelgan, „Toʻlqinlarni sindirish“ (1996, Cannes kinofestivalida Grand-pri), „Ahmoqlar“ (1998) va „Qorongʻulikdagi raqqosa“ (2000). Oxirgisi islandiyalik xonanda Byork ishtirokidagi musiqiy film boʻlib, Cannes kinofestivalida „Oltin palma novdasi“ga loyiq deb topilgan. Keyingi „AQSH: imkoniyatlar mamlakati“ trilogiyasidan faqat „Dogvill“ (2003) va „Manderlay“ (2005) suratga olingan. „Depressiya trilogiyasi“ — „Antixrist“ (2009), „Melanxoliya“ (2011) va „Nimfomanka“ (2013) filmlarining uchalasida Charlotte Gainsbourg rol oʻynagan. Gainsbourg „Antixrist“ uchun, Kirsten Dunst esa „Melanxoliya“ uchun Cannes kinofestivalida eng yaxshi aktrisa mukofotini olgan.
2011-yil may oyida „Melanxoliya“ premyerasi oldidan matbuot anjumanida natsizm haqidagi hazili katta janjalga sabab boʻlgan. Cannes kinofestivali uni „persona non grata“ deb eʼlon qilib, bir yilga festivaldan chetlatgan, biroq film tanlovda ishtirok etgan. Trier shu zahotiyoq uzr soʻragan. Keyinroq u serial qotil haqidagi „Jek qurgan uy“ (2018) filmini va „Qirollik“ seriyasining uchinchi qismi — „Qirollik: Eksodus“ (2022) mini-serialini suratga olgan.
Filmografiyasi
Badiiy filmlari
Yil Film nomi Asl nomi Trilogiya 1984 „Jinoyat elementi“ The Element of Crime (Forbrydelsens element) Yevropa trilogiyasi 1987 „Epidemiya“ Epidemic Yevropa trilogiyasi 1991 „Yevropa“ Europa (AQShda Zentropa) Yevropa trilogiyasi 1996 „Toʻlqinlarni sindirish“ Breaking the Waves „Oltin yurak“ trilogiyasi 1998 „Ahmoqlar“ The Idiots (Idioterne) „Oltin yurak“ trilogiyasi 2000 „Qorongʻulikdagi raqqosa“ Dancer in the Dark „Oltin yurak“ trilogiyasi 2003 „Dogvill“ Dogville „AQSH: imkoniyatlar mamlakati“ 2003 „Beshta toʻsiq“ The Five Obstructions (De fem benspænd) 2005 „Manderlay“ Manderlay „AQSH: imkoniyatlar mamlakati“ 2006 „Hammasining boshligʻi“ The Boss of It All (Direktøren for det hele) 2009 „Antixrist“ Antichrist Depressiya trilogiyasi 2011 „Melanxoliya“ Melancholia Depressiya trilogiyasi 2013 „Nimfoman“ Nymphomaniac Depressiya trilogiyasi 2018 „Jek qurgan uy“ The House That Jack Built
Televizion seriallari
Yil Serial nomi Asl nomi Izoh 1994 „Qirollik“ The Kingdom I (Riget) „Qirollik“ seriyasi 1997 „Qirollik II“ The Kingdom II (Riget II) „Qirollik“ seriyasi 2022 „Qirollik: Eksodus“ The Kingdom: Exodus (Riget: Exodus) „Qirollik“ seriyasi
Manbalar
Turkum:30-aprelda tugʻilganlar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Parkinson kasalligiga chalinganlar Turkum:Daniyalik kinorejissyorlar