Gavhar Esonovna Moʻminova (1969-yil 1-noyabr, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik tarixchi olima, tarix fanlari doktori (2018), professor (2022). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi.

Tarjimayi holi

1969-yil 1-noyabrda Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida shifokorlar oilasida tugʻilgan. Otasi — taniqli ortoped Eson Moʻminov. Oʻrta taʼlimni Qarshidagi maktabda olib, 1987-yil Qarshi pedagogika instituti (hozirgi Qarshi davlat universiteti) tarix fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. Oʻqishni 1992-yil imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Soʻngra 1993-yildan Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida faoliyatini boshlaydi.

Uzoq yillik faoliyatidan soʻng 2019-yili Jahon tarixi kafedrasida mudira lavozimiga tayinlanadi. Ushbu lavozimda to 2023-yilgacha ishlab kelgan. 2025-yildan Fanlar akademiyasi Tarix instituti „Eng yang davr tarixi“ boʻlimida yetakchi ilmiy xodimi boʻlib ish boshlagan. Hozirda ushbu institutda bosh ilmiy xodim oʻlaroq loyiha va ilmiy yigʻinlarda ishtirok etib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati

Gavhar Moʻminova 2000-yilda „Oʻzbekistonda tibbiyot va sogʻliqni saqlash: muammo va oqibatlar (1946—1990-yillar, janubiy viloyatlar misolida)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib falsafa fanlari nomzodi darajasini oladi. Koʻp yillik izlanishlaridan soʻng 2018-yil „Oʻzbekistonda sovet davrida sogʻliqni saqlash tizimi tarixi (1917—1991-yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi hamda ushbu ish natijalariga koʻra tarix fanlari doktori ilmiy darajasi beriladi.

Oʻzbekistonda tibbiyot tarixi mavzusida yetakchi olima oʻlaroq tanilgan. Shuningdek „Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasi islohotlari“, „Xalq tabobati va uning jamiyat rivojidagi oʻrni“, „Oʻzbekistonda sud-huquq tizimidagi islohotlar“, „Oʻzbekistonda bojxona ishi“, „Tibbiy kadrlar tayyorlash muammolari“, „Oʻzbekistonda xotin-qizlar muammosi va gender tenglik masalasi“, „Oʻzbekistonda oliy taʼlim tarixi“ kabi mavzularda izlanish olib bormoqda.

Ilmiy rahbarligida 10 dan ortiq ilmiy tadqiqot ishlari hamda 20 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Ilmiy faoliyati davomida Oʻzbekistondan tashqari Germaniya, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Hindiston, Ukraina kabi turli mamlakatlarda ham turli ilmiy konferensiyalarda qatnashgan hamda chiqishlar qilgan.

Shaxsiy hayoti Oilali. 2 farzandi, 3 nabirasi bor.

Ishlari Olima 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 7 ta monografiya hamda 5 ta oʻquv qoʻllanma shular jumlasidandir.

Monografiyalari Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими тарихи (1917–1991 йиллар). Toshkent. „Yangi nashr“ nashriyoti, 2015. 210 bet. Реформирование системы здравоохранения. AQSH. Amazon, 2022. 175 bet. История развития здравоохранения в Узбекистане. Qarshi. „INTELLEKT“ nashriyoti, 2023. 150 bet. Ўзбекистон суд-ҳуқуқ тизими тарихи. Қарши: „Big Makro World“ nashriyoti, 2024. 134 bet. Қашқадарё вилояти суди тарихи. Qarshi. 2025. 352 bet. Қарши давлат университети: ташкил топиши ва ривожланиш тарихи. Qarshi. 2025. 239 bet. Ўзбекистонда мустақиллик йилларида суд-ҳуқуқ тизимидаги трансформация жараёнлари (Қашқадарё вилояти мисолида). Qarshi, 2025. 145 bet.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Google Scholardagi profili

Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Tarix fanlari doktorlari Turkum:Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari