Shabab Al-Ahli klubi () — Dubayda joylashgan Birlashgan Arab Amirliklarining professional futbol klubi boʻlib, hozirda BAA Pro ligasida ishtirok etadi. Jamoa BAAdagi eng muvaffaqiyatli klublardan biri hisoblanadi.
„Al-Ahli“ klubi 9 marta milliy chempionatda, 11 marta BAA Prezidenti kubogida, 5 marta ADIB kubogida, 7 marta BAA superkubogida hamda 1 marta qoʻshma ligada gʻolib boʻlgan. Shuningdek, 1 ta Amirlik—Marokash Superkubogi, 1 ta Qatar—BAA Superkubogi va 1 ta Qatar—BAA liga kubogini qoʻlga kiritib, jami 36 ta sovrin bilan BAAning ikkinchi, Dubayning esa eng muvaffaqiyatli jamoasiga aylangan. IFFHSning soʻnggi reytingida „Shabab Al Ahli“ Osiyoning eng yaxshi klublari orasida 7-oʻrinni, jahon miqyosida esa 110-oʻrinni egallagan.
2017-yilda „Dubai CSC“ va „Al Shabab“ jamoalari „Al-Ahli“ tarkibiga qoʻshilgan va shundan soʻng klub nomi „Shabab Al-Ahli“ deb oʻzgartirilgan.
Maydonlar Rashid stadioni — Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan koʻp tarmoqli stadion boʻlib, u Shayx Rashid bin Said Al Maktum sharafiga nomlangan. Hozirgi kunda arena asosan futbol va regbi oʻyinlarini oʻtkazish uchun foydalaniladi. Stadion oʻz bagʻriga 12 000 tomoshabinni sigʻdira oladi. Arena 1948-yilda qurilgan. Mazkur inshoot „Shabab Al-Ahli“ klubining uy maydoni hisoblanadi. Shuningdek, 2017-yilda „Al-Shabab“ va „Dubay“ jamoalari bilan birlashgandan soʻng, „Shabab Al-Ahli“ klubi oʻzining ikkinchi va uchinchi uy maydonlari sifatida Maktum bin Rashid Al Maktum hamda Al-Avir stadionlariga ham ega boʻlgan.
Prinsipial raqobatlar "Shabab Al Ahli" va „Al-Ayn“ klublari oʻrtasidagi raqobat tobora qizgʻin tus olmoqda. Bunga ikki klubning 1970-yillarda, ayniqsa 2010-yildan keyin navbatma-navbat chempionlikni qoʻlga kiritgani, shuningdek, hozirda har ikkisi ham BAAning eng kuchli jamoalari qatorida ekani sabab boʻlmoqda. Oʻzaro uchrashuvlar odatda joʻshqin muhitda oʻtadi. Bundan tashqari, Dubayning eng kuchli jamoasi nomi uchun kurashadigan „Al-Nasr“ va „Al Wasl“ klublari ham azaliy qoʻshni raqiblar sanaladi.
Qadimgi Dubay derbisi Qadimgi Dubay derbisida „Al-Ahli“ va „Al-Nasr“ jamoalari oʻzaro kuch sinashgann. Bu qarama-qarshilik tarixi chempionat tashkil etilishidan oldingi davrga — 1970-yillar boshiga borib taqaladi. Oʻsha paytlarda ular Dubayning eng kuchli klublari boʻlib, oʻzaro oʻyinlari nafaqat butun BAAdan, balki uzoq Quvayt va Iordaniyadan ham muxlislarni oʻziga jalb etardi.
La Liga bilan aloqalari 2016-yilda „Al-Ahli“ La Liga bilan bu turdagi ilk hamkorlik shartnomasini imzolagan birinchi xorijiy klubga aylandi. La Liganing Madriddagi bosh qarorgohida boʻlib oʻtgan shartnoma imzolash marosimi oʻzaro aloqalarning boshlanishini belgilab berdi. Unga koʻra, Dubayning yetakchi klubini rivojlantirishda La Liga tajribasidan, xususan, ispaniyalik yoshlar murabbiylarining oʻquv dasturlaridan foydalaniladi. Shuningdek, klubning oʻsmirlar jamoalari u yerdagi nufuzli turnirlarga taklif etilib, yuqori saviyali raqiblarga qarshi oʻyinlar orqali qimmatli tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Natijalar Mavsum Lvl. Tms. Pos.Prezident kubogiLiga kubogi2017–181125-oʻrinYarim finalYarim final2018–191142-oʻrinChempionChempion2019–201141-oʻrinChorak finalIkkinchi oʻrin2020–211143-oʻrinChempionChempion2021–221145-oʻrinChorak finalIkkinchi oʻrin2022–231141-oʻrinChorak finalChorak final2023–241142-oʻrinYarim finalChorak final2024–251141-oʻrinChempionIkkinchi oʻrin Izoh BAAda futbol boʻyicha 2019–20-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklaridagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi.
Kalit Pos. = Oʻrin Tms. = Jamoalar soni Lvl. = Liga darajasi
Klub rasmiylari LavozimShtabBosh murabbiy Paulo SousaYordamchi murabbiy Manuel Pereira Víctor Sánchez LladòDarvozabonlar murabbiyi Leandro Yoshinaga SuzukiFitnes murabbiyi Manuel Rivero Lluis Sala PereShifokor Krešimir KosFizioterapevt Maharazad Kaneani Vasile Clofu Mohamed Salah El DinMassajchi Tomislav CeroveckiTarjimon Kareem Mohammed ShalabiMurabbiy Khaled Al-Kaabi Ahmed Alishah
Futbolchilar Birinchi jamoa tarkibi BAA Pro ligasi holatiga koʻra:
Ijaraga berilgan futbolchilar
Bir nechta fuqarolikka ega oʻyinchilar
Federico Cartabia Guilherme Bala Kauan Santos Mateusão Renan Yuri César Khaled Al Senani
Yutuqlari Mahalliy turnirlar BAA Pro ligasi: 9 Chempionlar: 1974–75, 1975–76, 1979–80, 2005–06, 2008–09, 2013–14, 2015–16, 2022–23, 2024–25 BAA Prezidenti kubogi: 11 (rekord) Chempionlar: 1974–75, 1976–77, 1987–88, 1995–96, 2001–02, 2003–04, 2007–08, 2012–13, 2018–19, 2020–21, 2024-25 BAA Liga kubogi: 5 (rekord) Chempionlar: 2011–12, 2013–14, 2016–17, 2018–19, 2020–21 BAA Superkubogi: 7 (rekord) Chempionlar: 2009, 2013, 2014, 2016, 2020, 2023, 2024 Birlashgan liga:1 Chempionlar: 1974–1975 Mintaqaviy Qatar — BAA Super kubogi: 1 Chempionlar: 2023 — 2024 Qatar — BAA liga kubogi: 1 Chempionlar: 2024-25 Amirliklar — Marokash Superkubogi: 1. Chempionlar: 2016-yil Qitʼa turnirlari Osiyo Chempionlar Ligasi Ikkinchi oʻrin (1): 2015-yil
Faqat „Al-Ahli“ davridan va undan keyin qoʻlga kiritilgan unvonlar hisobga olingan. Avvalgi klublar haqida maʼlumot olish uchun „Al Shabab SC“ va „Dubai CSC“ maqolalariga qarang.
Yana qarang Birlashgan Arab Amirliklaridagi futbol klublari roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Dubaydagi futbol klublari Turkum:BAA futbol klublari Turkum:1992-yilda Sulh davlatlarida tashkil etilganlar Turkum:1958-yilda tashkil etilgan futbol klublari