Nancy Guadalupe Antonio López (1996-yil 2-aprelda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX Femenil vakili „América“ klubida tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Faoliyati U 2015-yilda Torontoda va 2019-yilda Limada boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida Meksika ayollar milliy futbol terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2017-yilda Kanada terma jamoasiga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida Meksika terma jamoasi safidagi yagona goliga mualliflik qilgan.

Manbalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar