Qudrat uzuklari — J. R. R. Tolkienning legendariumidagi, asosan uning „Uzuklar hukmdori“ nomli fentezi romanidagi sehrli artefaktlar. Yagona uzuk birinchi marta Tolkienning bolalar uchun yozilgan „Hobbit“ fentezi romanida syujet vositasi, sehrli uzuk sifatida paydo boʻlgan. Keyinchalik Tolkien uning kelib chiqish tarixini oʻylab topdi va unga ancha katta kuch berdi: u koʻrinmaslik kabi qobiliyatlarni beruvchi va Yagona uzuk tomonidan boshqariladigan boshqa oʻn toʻqqizta Buyuk uzukni qoʻshdi. Bular Elflarning Uchta uzugi, Gnomlarning Yettita uzugi va Insonlarning Toʻqqizta uzugi edi. U, shuningdek, kichik kuchlarga ega boʻlgan koʻplab boshqa kichik uzuklar ham mavjudligini aytib oʻtgan. „Uzuklar hukmdori“ asaridagi asosiy syujet elementlaridan biri — Qora hukmdor Sauron tomonidan yashirincha yasalgan Yagona uzukning oʻziga qaram qilib qoʻyuvchi kuchidir. Toʻqqizta uzuk oʻz sohiblarini Sauronning eng xavfli xizmatchilari boʻlmish Nazgullarga (Uzuk arvohlariga) aylantirib, qul qilib oladi.
Xayoliy tarix Qudrat uzuklari Eregiondagi Noldor manzilgohining elf temirchilari tomonidan yasalgan.
Manbalar
Asosiy
Ikkinchi darajali
Adabiyotlar
in
also in Tolkien Studies: An Annual Scholarly Review, Vol. 4, 2007.
Turkum:Sehrli uzuklar