Luís Carlos Almeida da Cunha (1986-yil, 17-noyabrda tugʻilgan) — Nani nomi bilan tanilgan portugaliyalik professional futbolchi.

Nani oʻz faoliyatini Sportingda boshlagan. 2003-yilda klubning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. 2005-yilda asosiy jamoa safida oʻz debyutini amalga oshirgan. Portugaliyadagi ikki yillik faoliyati davomida Portugaliya kubogini qoʻlga kiritgan. 2007—2008-yilgi mavsum oldidan Nanining oʻyini Angliyaning „Manchester United“ klubi eʼtiborini tortgan va 2007-yilning iyul oyida Manchesterliklar Nani bilan shartnoma imzolashgan. Manchester United klubiga kelishi bilan asosiy jamoa futbolchisiga aylangan. Klub safida toʻrtta Premer-liga chempionligi, ikkita Liga kubogi, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va UEFA chempionlar ligasida chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, ijara asosida Sporting klubiga oʻtgan va Portugaliya kubogini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Turkiyaning „Fenerbahche“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bir yildan soʻng esa Ispaniyaning „Valensiya“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilda yana Sporting safiga qaytgan. Shu mavsumda Portugaliya kubogi va Portugaliya liga kubogini qoʻlga kiritgan. Mavsum yakunlangach AQSh chempionatida ishtirok etuvchi „Orlando City“ klubi safiga borib qoʻshilgan. 3 mavsum davomida Orlando City klubi sardori sifatida oʻyinlarda ishtirok etgan va 2021-yil oxirida ushbu klubni tark etgan. 2022-yilning yanvar oyida Italiyaning Venezia klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil 13- iyulda Turkiyaning Adana Demirspor klubi bilan shartnoma imzolagan. Adana Demirspor safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marta ishgʻol etgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 2024-yil 13-mayda Nani va Adana Demirspor klubi oʻrtasidagi shartnoma bekor qilingan.

Nani Portugaliya terma jamoasi safida 2006-yilda debyut qilgan va oradan koʻp oʻtmay terma jamoa safida ilk golini urgan. Shu tariqa, jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Uchta Yevropa chempionati (2008, 2012 va 2016) va 2014-yilgi jahon chempionatida Portugaliya sharafini himoya qilgan. Nani 2016-yilgi Yevropa chempionati finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Final oʻyinida Cristiano Ronaldo jarohat olib, maydonni tark etganidan soʻng, oʻyinning qolgan qismini jamoa sardori sifatida oʻtkazgan va Portugaliyaningg gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan. Nani Terma jamoa safida jami 112 oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 24 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Manbalar

Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Italiyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar