Romb (, „doira“) — barcha tomonlari teng boʻlgan to'rtburchak. Burchaklari toʻgʻri burchaklardan iborat boʻlgan romb kvadrat deb ataladi.
Romb (yunoncha: rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari oʻzaro teng boʻlgan yassi toʻrtburchak (rasmga q.). Rombning xossalari: 1) diagonallari oʻzaro perpendikulyar; 2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga boʻladi. Rombning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. Rombga ichki aylana chizish mumkin. Rombning yuzi uning diagonallari koʻpaytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a boʻlgan Rombning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° boʻlgan Romb kvadratidirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Asosiy xossalari Romb parallelogramm hisoblanadi, chunki uning qarama-qarshi tomonlari oʻzaro paralleldir: AB || CD, AD || BC. Romb diagonallari bir birini toʻgʻri burchak hosil qilgan holda kesib oʻtishadi (AC ⊥ BD) va kesib oʻtish nuqtasida teng ikkiga boʻlinishadi. Romb diagonallari uning burchaklarining bissektrisalari hisoblanadi (∠DCA = ∠BCA, ∠ABD = ∠CBD va hokazo) Romb diagonnallarining kvadratlari yigʻindisi toʻrtga koʻpaytirilgan tomonining kvadratiga teng (masalan: (AC) ² + (BD) ² = 4 • (AD²)).
Asosiy alomatlari Parallelogramm ABCD romb hisoblanadi, agarda: uning barcha tomonlari teng boʻlsa: AB = BC = CD = AD
Havolalar
Yana qarang
Geometriya Parallel kvadrat
Manbalar
Turkum:Geometriya