200px|thumb|right|Ajriqbosh Ajriqbosh (Phleum pratense) yem-xashak va agrotexnika jihatdan juda katta ahamiyatga ega boʻlgan bu oʻsimliklar moʻtadil nam iqlimli mintaqalarda, masalan Gʻarbiy Yevropa AQSh, Kanadada yem-xashak sifatida, shuningdek pichan oʻrib oladigan oʻtloqlar yaratishda, oʻt-dalali bedaga aralashtirib ekishda keng koʻlamda qoʻllanadi. Namni koʻp talab qiladi. Ekilgach 3-4 yildan soʻng gektaridan 70 sentnergacha pichan, 3,5 dan 10 sentnergacha urugʻ beradi. Ajriqboshining bir necha turi mavjudOʻzME.

Manbalar

Turkum:Bugʻdoydoshlar Turkum:Oʻsimliklar