Rumin tili — roman tillarining bolqonroman guruhiga mansub til, Ruminiya Respublikasining rasmiy tili. Ruminiyadan tashqari Moldova, Ukraina, Vengriya, Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, Slovakiya, Albaniya, AQSh va Kanadada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin. Rumin tilida banat, krishan, valashmoldavan, maramuresh; Ruminiyadan tashqarida makedonrumin, meglanrumin, istrorumin lahjalari mavjud.

Rumin tilida flektiv va analitik unsurlar birlashib kelgan. Unli tovushlar kattik va yumshoq talaffuz etiladi. Aniqlik artikli otdan keyin keladi; aniqlik va noaniqlik artikllari turlanadi; otlarda jins (rod) kategoriyasi 3 ta: mujskoy, jenskoy, sredniy. Rumin tilida slavyan tillariga xos soʻz yasovchi qoʻshimchalar ishlatiladi; leksikasida ham janubiy slavyan tillarining taʼsiri kuchli.

Rumin tilidagi dastlabki yozma yodgorliklar (maktublar, rasmiy ish qogʻozlari, diniy matnlarning tarjimalari) XVI asr boshlariga taalluqli. Adabiy Rumin tilining shakllanishi XVII asrdan boshlangan, badiiy adabiyot esa XVIII asr oxirida paydo boʻlgan. Dastlabki davrlarda kirill alifbosidan foydalanilgan, 1860-yilda u lotin alifbosi bilan almashtirilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Rumin tili tillarning hindevropalik oilasiga roman guruhining balqan-roman guruhchasiga kiradi. Rumin tili Moldavan tiliga yaqin. Mana bu dialektlari oʻzgachadir: banatlik, krishanlik, muntyanlik, moldaviyalik (Moldova tarixiy oʻlkasining dialekti), maramureshlik Leksikada janubiy slavyanliklarning taʼsiri koʻp. Rumin tili balqanlik tilli ittifoqqa kiradi. Ilk yodgorliklari (xatlar, ish qogʻozlar, diniy matnlarning tarjimalari) 17 asrning boshlariga kiradi (tarixiy yilnomalar). badiiy adabiyot 18 asrning oxirlaridan boshlab paydo boʻla boshlaydi. Boshlanishida kirill alifbosi foydalanalab, 1860-yili lotin alifbosiga almashtirildi. Ruminiya xalqining 90 % dan ortigʻi rumin tilini oʻz ona tili deb biladi. Jahonda rumin tilida gaplashuvchilarning soni 20 million. Moldavan tili va boshqa dialektlari bilan qoʻshib hisoblaganda 25 millionni tashkil qiladi

Alibosi A a Ă ă Â â B b C c D d E e F f G g H h I i Î î J j K k L l M m N n O o P p Q q R r S s Ș ș T t Ț ț U u V v W w X x Y y Z z +Davlat va hududi, rumin tilida gaplashuvchilar davlat gaplashuvchilar (%) gaplashuvchilar aholi (2005) Osiyo horasmiy:Isroil 3,7 % 250.000 6.800.000Qozog'iston 0,1 % 20.054 14.953.126Rossiya 0,12 % 178.000 145.537.200Yevropanorasmiy:Ruminiya 89,5 % 19 420 000 21 698 181Moldova 9,7 % 328 642 3 388 071Serbiya 1,5 % 29 512 2 031 992norasmiy:Timok (Serbiya) 5,9 % 42 075 712 050Vengriya 0,8 % 80 000 10 198 315Ukraina 0,8 % 409 600 48 055 439Shimoliy Amerikanorasmiy:Kanada 0,2 % 60 520 32 207 113AQSh 0,11 % 300 000 281 421 906

Havolalar Onlayn-versiya slovarya „Dicționarul explicativ al limbii române“ Ruminskiy yazik v Internete  — podborka ssilok.

Manbalar

Turkum:Rumin tili