Raymon Kopa (, tugʻilganda Kopashevskiy (), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).

Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.

Biografiyasi

Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi1. Raymon Kopa Futbol: polnaya illyustrirovannaya ensiklopediya mirovogo futbola pod. red. S. N. Shmitko, M, Rosmen-Izdat, 2000, s. 144.

Erishgan natijalari Fransiya chempioni: 1953, 1955, 1960, 1962 Ispaniya chempioni: 1957, 1958 Yevropa chempionlari kubogi (3): 1957, 1958, 1959 Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956 Lotin kubogi sohibi: 1953, 1957 Lotin kubogi finalchisi: 1955 Jahon chempionati bronza medal sohibi: 1958

„Oltin toʻp“ sohibi: 1958 „Kumush toʻp“ sohibi: 1959 „Bronza toʻp“ sohibi: 1956, 1957 1970-yil 30-noyabrda Fahriy legion ordeni bilan mukofotlangan. (bu orden bilan mukofotlangan birinchi futbolchi) FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Havolalar

FFF rasmiy saytidagi sahifasi L’Equipe gazetasi saytidagi sahifasi Vosstavshiy protiv rabstva

Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Angers SCO futbolchilari Turkum:Stade de Reims futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA 100 Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1954-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar