Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.
OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.
OOK ning tashkil qilinish tarixi Osiyo Olimpiya Kengashi tashkil qilinishi 1948-yili Londondagi 14-Olimpiya Oʻyinlari davomida, Osiyo mamlakatlari ishtrokchilari, Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi. 1949-yil Nyu-Delidagi assambleyada Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasi maqomi ostida tashkil qilindi. Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasining 1981-yil 26-noyabrdagi yigʻilishida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ni tashkil qilishga kelishib olindi. Yigʻilish mobaynida OOKning Ustavi va asosiy tamoyillar qabul qilindi va 1982-yilda Nyu-Delidagi Osiyo oʻyinlaridan keyin kuchga kirishi tasdiqlandi. Rasmiy ravishda Osiyo Olimpiya Kengashi 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delidagi Bosh Assambleya davomida tashkil qilingan. Xuddi shu yili Osiyo Olimpiya Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi eʼtirofiga sazobor boʻldi. 34 ta davlat OOK ning birinchi aʼzo mamlakatlari sifatida qayd qilindi.
OOK ramzi Osiyo Olimpiya Kengashi ramzi rasmiy ravishda 2006-yilning 2-dekabrida OOKning 25-Bosh Assambleyasida tasdiqlandi. U oʻzida qizil rangdagi 16 ta porlab turgan quyosh nurini, markazda oq rangdagi aylana, quyosh atrofida Ajdar va Lochin aks ettirligan, pastki qismda „Osiyo Olimpiya Kengashi“ yozuvi joylashtirilgan. Ajdar — Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari ramzi boʻlib, omad, boylik, muvaffaqiyat, davlat, mardlik, poklik, joʻshqinlik ramzi hisoblanadi. Lochin — togʻli hududlar ramzi boʻlib, Himolay, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari ramzi hisoblanadi. U aniqlik, nafosat, kuch, ziyraklik, tezlik, iroda va chiidamlilik sifatlarini oʻzida mujassam etadi.
OOK shiori: „Doimo olgʻa“ — „Ever onward“
OOK bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi emblemasi tikilgan oq matoni oʻzida namoyon etadi. Osiyo Olimpiya Kengashining barcha ramzlari OOK ning mulki hisoblanadi, ulardan Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti ruxsatisiz foydalanish mumkin emas.
OOK aʼzo mamlakatlari Quyida Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar koʻrsatilgan. Toʻrtinchi qatordagi birinchi yil Milliy Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan yilini bildirsa, ikkinchisi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan yilni bildiradi. Misol Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga 1992-yil asos solingan, 1993-yil XOQ tomonidan tan olinilgan. thumb|Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar Mamlakat Kod Milliy Olimpiya qoʻmitasi Tashkil topgan yil/ Tan olingan yil Manba AFG Afgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1935/1936 BRNBahrayn Olimpiya qoʻmitasi1978/1979BAN Bangladesh Olimpiya assotsatsiyasi1979/1980BHU Butan Olimpiya qoʻmitasi1983BRUBruney Milliy Olimpiya Kengashi1984CAMKambodja Milliy Olimpiya qoʻmitasi1983/1994TPEXitoy Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi1960PRKKoreya Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi1953/1957HKGGonkong sport federatsiyasi va Olimpiya qo‘mitasi1950/1951IND Hiundiston olimpiya Assotsatsiyasi1927 IndoneziyaINAIndoneziya Olimpiya qoʻmitasi1946/1952IRQIroq Milliy Olimpiya qoʻmitasi1948IRIEron Islom Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi1947JPNYaponiya Olimpiya qoʻmitasi1911/1912JORIordaniya Olimpiya qoʻmitasi1957/1963KAZQozoqiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1990/1993KORKoreya Olimpya qoʻmitasi1946/1947KUWQuvayt olimpiya qoʻmitasi1957/1966KGZQirgʻiziston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1991/1993LAOLaos Milliy Olimpiya qoʻmitasi1975/1979LBNLivan Olimpiya qoʻmitasi1947/1948MASMalayziya Olimpiya Kengashi1953/1954MDVMaldiv orollari Olimpiya qoʻmitasi1985MGLMongoliya Milliy Olimpiya qoʻmitasi1956/1962MYAMyanma Olimpiya qoʻmitasi1947NEPNepal Olimpiya qoʻmitasi1962/1963OMNUmmon Milliy Olimpiya qoʻmitasi1982PAKPokiston Olimpiya qoʻmitasi1948PLEFalastin Olimpiya qoʻmitasi1995CHNXitoy Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi1910/1979PHIFillipin Milliy Olimpiya qoʻmitasi1911/1929QAT Qatar Milliy Olimpiya qoʻmitasi1979/1980KSA Saudiya Arabistoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi1964/1965 SIN Singapur Milliy Olimpiya qoʻmitasi1947/1948 SRI Shiri-Lanka Milliy Olimpiya qoʻmitasi1937 SYR Suriya Olimpiya qoʻmitasi1948 TJKTojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1992/1993 THA Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi1948/1950 TLSSharqiy Timor Milliy Olimpiya qoʻmitasi2003 TKMTurkmaniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1990/1993 UAE Birlashgan Arab Amirliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi1979/1980 UZBOʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1992/1993 VIEVyetnam Olimpiya qoʻmitasi1976/1979 YEMYaman Olimpiya qoʻmitasi1971/1981
Havolalar
OOK rasmiy sayti Olympic.uz Olimpiyskiy Sovet Azii
Turkum:Alifbo boʻyicha tashkilotlar Turkum:Olimpiada tashkilotlari