Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) — Janubiy Amerikadagi davlat. Qitʼaning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer orolining sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga boʻlinadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605 kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.
Davlat tuzumi Argentina — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 24-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident va vise-prezident 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.
Tabiati Argentinaning sharqi keng tekisliklardan va gʻarbi togʻlardan iborat. Mamlakatning butun shimoli-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), janubi-sharqini Patagoniya yassi togʻligi egallaydi. Gʻarbdagi togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ketadi. Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, polimetallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, janubida — moʻtadil. Eng issiq oy (yanvar)ning oʻrtacha harorati shimolida 28°, janubida 10°, iyulning oʻrtacha harorati shimolida 18° va janubida G. Togʻlarda iqlim moʻtadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shimoli-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urugʻvay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina koʻllarining aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vedma va boshqalar). Argentina hududining salkam 20% doimiy koʻm-koʻk va bargi toʻkiluvchi oʻrmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak oʻrmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada -yarim choʻl. Argentinaning milliy bogʻlari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqalar.
Aholisi Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — indeyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va boshqalar) Argentinaning shimoli-gʻarbida va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan koʻproq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.
Tarixi Qadim zamonlarda Argentina hududida koʻp sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urugʻchilik munosabatlari xukmron edi. Shimoli-gʻarbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari boʻlgan; ular oʻtroq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanar, rangli metallar eritishni, toʻqimachilikni bilar edi. Shimoli-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukanlar va patagonlar koʻchib yurar edi. XVI asrning 1-yarmida hozirgi Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon koʻtardi (1580, 1630, 1657, 1710 — 11 yillar). 1776-yilda hozirgi Argentina hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qoʻshib olindi. Argentinada katta feodal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belgrano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25-may kuni argentin xalqining milliy bay-rami boʻlib qoldi. 1816-yilda viloyatlar vakillarining Tukuman shahridagi kongressi La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb eʼlon qildi. 1826-yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. XIX asr mobaynida vujudga kela boshlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi unitariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi. XIX asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlandi, 1833-yilda u Folklend (Malvin) orollarini bosib oldi. XIX asr oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va boshqa xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylantirdilar. XIX — XX asrlar boʻsagʻasida Argentinada sanoat rivojlandi. XIX asrning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Argentina betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, aslida fashistlarga koʻmaklashdi. 1945-yil martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yildan Argentina- BMT aʼzosi. 1943-yilgi harbiy toʻntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qoʻlga oldilar. Ularning rahbarlaridan biri general X. D. Perón (1946 — 1955 va 1973 — 1974 yillarda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976-yilda general Videla hukmronligi davrida zoʻravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kirishildi. 1981-yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni agʻdarib tashladilar. Shu davrda (1982-yil) Folklend (Malvin) orollari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib koʻrdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983-yildagi yalpi saylov natijasida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999-yildan esa Fernando de la Rúa Argentina prezidenta. 1993-yil 9-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Fuqaro radikal ittifoqi, 1889-yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh negizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963-yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947-yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909-yil tuzilgan. Argentinada Kommunistik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930-yilda tuzilgan.
Xoʻjaligi Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina, sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo, 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod boʻlish arafasida edi. 1989-yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991-yilda qabul qilingan konvertatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan koʻpchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila boshladi, byudjetga soliqlardan tushum yaxshilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi.
Sanoati Argentina asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoati. Goʻsht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Sement, sellyuloza-qogʻoz korxonalari bor. Neft, gaz, qoʻrgʻoshin, rux, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilgʻi-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.
Qishloq xoʻjaligi Argentina chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega boʻlgan xoʻjaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentinaga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentinaning yetakchi tarmogʻi chorvachilik boʻlib, unda goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik va goʻsht-jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar — 51 mln., qoʻylar — 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmogʻi — gʻallachilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan — kungaboqar, zigʻir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
Transporti Argentina lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% goʻsht, don, yogʻ, xom teri, jun, hoʻl mevalarga toʻgʻri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilgʻi, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso. Tibbiy xizmati Argentinada 133,8 ming oʻrinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 oʻrin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat koʻrsatadi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy yordamni sugʻurtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qoʻshib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Argentinada 6 yoshdan 14 yosh-gacha boʻlgan bolalarning majburiy taʼlimi joriy etilgan. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming, oʻrta oʻquv yurtlarida (umumiy taʼlim, hunar, pedagogika va boshqa maktablarda) 1125 ming oʻquvchi oʻqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademiyalari, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy jamiyatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Eng koʻp tarqalgan gaz.lar: „Rason“(„Aql-idrok“, 1905-yildan), „Prensa“(„Matbuot“, 1869-yildan), „Nason“(„Millat“, 1870-yildan), „Gaseta“ („Gazeta“, 1912-yildan). „Telenotisiosa amerikana“ hukumat agentligi 1945-yil tashkil etilgan. 52 xususiy radiostansiya alohida uyushmaga birlashgan. Telekoʻrsatuv 1951-yildan mavjud. 1959-yilda 22 xususiy telestansiyalar uyushmasi tuzilgan.
Adabiyoti