Qurmongʻozi tumani — Atirov viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni — 20,8 ming km². Aholisi 2010-yil 1-yanvarda 59,2 ming kishini tashkil qildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Ganyushkin qishlogʻiQozoq milliy ensiklopediyasi.
Hududiy boʻlinishi Azgʻir qishlogʻi Oqkoʻl qishlogʻi Asan qishlogʻi Bayda qishlogʻi Birlik qishlogʻi Yenbekshі qishlogʻi Ganyushkin qishlogʻi Dashіn qishlogʻi Dingʻizil qishlogʻi Koʻptoʻgʻoy qishlogʻi Kudryashov qishlogʻi Qigʻosh qishlogʻi (Oqkoʻl qishlogʻidan boʻlinib chiqdi) Nurjov qishlogʻi Oʻrli qishlogʻi Primore qishlogʻi Safonov qishlogʻi Suyindik qishlogʻi Shoʻrtanboy qishlogʻi Moqosh qishlogʻi
Geografiyasi Qurmongʻozi tumani gʻarbida Rossiyaning Astraxan viloyati bilan, shimolida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda va Janaqala tumanlari bilan, sharqida Atirov viloyatining Isatay tumani bilan chegaradosh; janubini Kaspiy dengizining suvi yuvib turadi. Tumanning shimoliy hududi dengiz sathidan 3 m baland boʻlsa, janubi dengiz sathidan 25 – 27 m pastlikda.
Asosiy foydali qazilmalari Foydali qazilmalaridan neft va gaz, qurilish materiallari, ohaktosh, gʻisht quyadigan soz bolchiqlar mavjud.
Iqlimi Iqlimi keskin kontinentalli, yanvar oyining oʻrtacha harorati −8 °C, iyulniki +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.
Aholisi Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (96,4 %). Aholining oʻrtacha zichligi har 1 km²-ga chaqqanda 2,7 kishidan toʻgʻri keladi.
Ijtimoiy soha Tumanda 16 ta oʻrta, 10 asosiy maktab, musiqa, sport maktablari, kasbiy-texnik maktab, 36 klub, 40 ta kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, 19 ta feldsher-akusherlik, 37 ta feldsherlik punkt bor.
Manbalar
Havolalar „Serper“ Qurmongʻozi tumanining gazetasi
Turkum:Atirov viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari