Astraxon tumani (qoz. Астрахан ауданы, استراحان اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,1 ming km². Aholisi 25,3 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 3,4 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Astraxonka qishlogʻi.

Geografiyasi Tuman Sariorqaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman dengiz sathidan 100-300 metr balandlikda joylashgan. Foydali qazilmalaridan oltin, tabiiy qurilish materiallarini uchratish mumkin. Tuman hududi orqali Astana - Otbosar - Qartali temir yoʻli va Astana — Atbasar, Astraxonka — Makinsk avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): qozoqlar — 11 564 kishi (42,56 %) ruslar — 8 170 kishi (30,70 %) ukrainlar — 2 089 kishi (7,69 %) polyaklar — 1 626 kishi (5,98 %) olmonlar — 1 561 kishi (5,75 %) beloruslar — 745 kishi (2,74 %) tatarlar — 489 kishi (1,80 %) ingushlar — 231 kishi (0,85 %) udmurtlar — 84 kishi (0,31 %) chechenlar — 81 kishi (0,30 %) boshqirdlar — 79 kishi (0,29 %) boshqalari — 451 kishi (1,66 %) Vsego — 27 170 chel. (100,00 %)

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi uzoq va sovuq boʻladi, jozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 18 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm, koʻpincha yoz oylarida yogʻingarchilik koʻp boʻladiQozoq Ensiklopediyasi.

Katta qishloqlari Astraxonka qishlogʻi Besbidayiq qishlogʻi Yesil qishlogʻi Yeski qalqutan qishlogʻi Jaltir qishlogʻi Jarsuat qishlogʻi

Manbalar

Havolalar Astraxan tumani Astraxansi v regionalnoy sotsialnoy seti Pokazateli Astraxanskogo rayona na 2010 god

Turkum:Qozogʻiston tumanlari