Yaxshi tumani — Akmola viloyatining janubi-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1955-yili tashkil topgan. Maydoni 12,0 ming km². Aholisi 15 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Derjavinsk shahri. Tuman hududi orqali Yesil — Orqaliq temir va avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi Aholisi 17,8 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,4 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) qozoqlar — 8 324 kishi (46,75 %) ruslar — 5 199 kishi (29,20 %) ukrainlar — 1 635 kishi (9,18 %) tatarlar — 556 kishi (3,12 %) beloruslar — 477 kishi (2,68 %) olmonlar — 358 kishi (2,01 %) moldavanlar — 187 kishi (1,05 %) boshqirdlar — 148 kishi (0,83 %) ozarbayjonlar — 133 kishi (0,75 %) udmurtlar — 114 kishi (0,64 %) mariylar — 100 kishi (0,56 %) boshqalari — 574 kishi (3,22 %) Umumiy — 17 805 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350, asosan yogʻingarchilik (50 — 60 %-i) iyun oyida boʻladi. mmQozoq ensiklopediyasi.
Ijtimoiy soha Tumanda 24 ta oʻrta, 4 ta boshlangʻich maktab, 2 ta bolabogʻcha, tuman kasalxonasi, 21 ta akusher-feldsherlik punkt, 18 ta klub va madaniyat uyi, 22 ta kutubxona bor (2000). 1956-yildan buyon „Tselinnoe znamya“ roʻznomasi chiqariladi.
Katta qishloqlari Barankoʻl qishlogʻi Birsuat qishlogʻi Gastello qishlogʻi Dalabay aqishlogʻi Janadala qishlogʻi Zapadniy qishlogʻi
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari