Axromat ( — rangsiz) — sferik va xromatik abberatsiyalari (linzalar nuqsoni) bartaraf qilingan murakkab optik tizim (obyektiv). Ikki linzali (masalan, Durbinlar, geodeziya asboblari, astronomiya refraktorlari) va koʻp linzali (masalan, Mikroskoplar) boʻlishi mumkin. Axromatlar bir-biridan shakli bilan ham farq qiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.
Manbalar
Turkum: Fizika