thumb|250px|Chelabinsk uzra uchib oʻtgan meteor. thumb|Video

2013-yil 15-fevralda, Toshkent vaqti bilan 9:20 da Rossiyada meteor hodisasi yuz berdi. Chelabinsk shahri ustidan 15–18 km/s tezlikda uchib oʻtayotgan kamida bitta osmon jismi (meteoroid) portladi. 1200 kishi zarba toʻlqinidan derazalar sinishi oqibatida jarohatlandi.Meteorite hits Russian Urals: Fireball explosion wreaks havoc, up to 1,200 injured (PHOTOS, VIDEO). RT. 15-fevral 2013-yil. Keyinchalik bu son 1500 ga yetdi. Olti shahardagi 3 000 ga yaqin imorat zarar koʻrdi. Rossiya Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi meteorit parchalari topilmaganini maʼlum qildi. Keyinchalik meteor parchalari topildi va Internetda sotila boshlandi.

Portlagan meteoroid shimoliy Qozogʻiston va Uralda kuzatilgan meteorit yomgʻiri qismi edi.Полина Захарова: сегодня ночью к земле вновь приблизится астероид, fedpress.ru Sibir Davlat Geodeziya Akademiyasi axborotiga binoan meteoroid diametri 50 metrga yaqin. Meteorit qulagan joy - Chebarkoʻl yaqinida diametri olti metrlik chuqur topildi.

Hodisa 2012 DA14 asteroidi yaqinlashishiga bogʻliq emas, astronomlar bu jismlar turli yoʻnalishlarda harakat qilishini taʼkidlashdi.

Manbalar

Havolalar Как падал метеорит: Хроника падения метеорита на Урале, Rossiyskaya Gazeta

Turkum:2013-yil voqealari