thumb|right|1850-yil chiqqan Valentin kuni otkritkasi thumb|Avliyo Valentin kunida shokolad va gul sovgʻa qilish keng tarqalgan Avliyo Valentin kuni, Valentin kuni,The History of Valentineʼs Day — History.com, A&E Television Networks. Retrieved 2-fevral 2010-yil.History of Valentineʼs Day Christianity Today International. Retrieved 2-fevral 2010-yil; 0 asrhtml „Then Again Maybe Donʼt Be My Valentine“, Ted Olsen, 2000-01-02HowStuffWorks „How Valentineʼs Day works“ — HowStuffWorks. Retrieved 2-fevral 2010-yil. Avliyo Valentin bayramiChambers 21st Century Dictionary, Revised ed., Allied Publishers, 2005 yoki Sevishganlar kuni — har yili 14-fevralda nishonlanadigan bayram. Avliyo Valentin kuni juda koʻp mamlakatlarda nishonlanadi, ammo deyarli barchasida 14-fevral ish kunidir.
Avliyo Valentin kuni bir yoki bir necha „Valentinus“ ismli xristian ziyolilarni xotirlashga bagʻishlangan liturgik bayramlardan kelib chiqqan. Avliyo Valentin bilan bogʻliq eng mashhur martirologga koʻra, Valentin oila qurish taʼqiqlangan askarlarga toʻylar oʻtkazgani uchun qamalgan. Shuningdek, uni Rim Impersiyasida qiynoqlarga duchor qilingan xristianlarga yordam berishda ayblashgan. Qamoqdaligida Valentin qamoqxona boshchisi Asteriusning qizini davolagani aytiladi. Afsonaga koʻra, Valentin qatl qilinishidan avval qizga „Sening Valentiningdan“ deb xayrlashuv xatini yozganCass R. Sandak. Valentineʼs Day. Silver Burdett Press. pg. 11Valentineʼs Day — The History Channel http://www.history.com/topics/valentines-day.
Bugungi kunda Avliyo Valentin kuni Ingliz uyushmasida va Luteran cherkovida rasmiy ziyofat kunidir . Pravoslavlar ham Avliyo Valentin kunini nishonlaydi, ammo 6-iyul rimlik Avliyo Valentin, 30-iyun esa Hieromartyr Valentin yepiskopi sharafiga bagʻishlangan bayramlardir.
Bu kun tarixi Geoffrey Chaucer yashagan oʻrta asrlarga borib taqaladi. Oʻsha davrda ritsarlik madaniyati juda keng tarqalgan boʻlgan. XV asrga kelib sevishganlar bir-birlariga boʻlgan muhabbatlarini gul sovgʻa qilib, shirinliklar berib va „valentinlar“ deb nomlangan otkritkalar yuborib izhor qila boshlashgan. Bugungi kunda ishlatiladigan Avliyo Valentin kuni ramzlariga yurak rasmi, kaptarlar va qanotli sevgi farishtasi kiradi. XIX asrdan boshlab qoʻlda tayyorlangan valentinlar oʻrnini ishlab chiqarilgan otkritkalar egallaganLeigh Eric Schmidt, „The Fashioning of a Modern Holiday: St. Valentineʼs Day, 1840-1870“ Winterthur Portfolio 28.4 (Winter 1993), pp. 209-245..
Manbalar
Havolalar
Avliyo Valentin kuni, BBC Avliyo Valentin kim boʻlgan? , Muqaddas Piter Pravoslav cherkovi
Turkum:Fevral Turkum:Bayramlar Turkum:Sevgi Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar