Bazudin, diazinon — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy modda; insektitsid. Oʻsimliklarga oʻsish davrida purkash uchun 60% li emulsiyalanuvchi konsentrat, urugʻlikni ekishdan oldin upalash uchun 40% li hoʻllanadigan kukun, 30% li kukun, ekish paytida solinadigan 5% va 10% li donador preparat holida ishlab chiqariladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, beda, makkajoʻxori, sabzavot ekinlari va boshqalarning soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalar (toʻplamlar, shira, oʻrgimchakkana va boshqalar)ga qarshi qoʻllanadi. Taʼsiri 45 kundan ortiq saqdanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Moddalar Turkum:Kimyoviy moddalar