Bandura (,  – uch torli sitra) – torli-tirnama, chertma ukrain xalq musiqa asbobiMizynec, V. Folk Instruments of Ukraine. Bayda Books, Melbourne, Australia, 1987, 48s..

Bandura chaladigan musiqachilar bandurist deb ataladi. XIX asr va XX asr boshlarida anʼanaviy bandura chaluvchilar, asosan koʻrlar boʻlib, kobzar nomi bilan mashhur boʻlishgan. Bu cholgʻu asbobi gusli (Sharqiy Yevropa psalteriyasi) va kobza (Sharqiy Yevropa luti)ning aralashmasi sifatida rivojlangan degan taxminlar mavjud. Baʼzilar kobzani banduraning bir turi yoki unga oʻxshash cholgʻu asbobi deb hisoblashadi.

Tuzilishi Dastasi kalta, kosasi tuxumsimon boʻladi. Unda 20 yoki undan ortiq tor boʻladi boʻlib, ular dasta yoki qopqoqga tortilgan boʻladi. Torlari turli uzunlikda boʻlib, qisqasi – baland (ingichka), uzunlari esa – past (yoʻgʻon) tovush chiqaradi. Bandura barmoqlar yordamida tirnab, baʼzida esa maxsus plektr yordamida chalinadi.

Banduraning past tovushli asosiy uzunroq torlari joʻrnavozlik xizmatini oʻtaydi. Baland tovushli, koʻpgina qisqa torlari kuy hosil qiladi. Xonanda-sozanda (bandurachi-kobzachi)lar qoʻshiqlarini bandura joʻrnavozligida ijro etishgan (qadimda banduralar kobza deb atalgan).

Bundan tashqari uning takomillashtirilib orkestrda qoʻllanadigan (bandura-prima, bandura-alt, bandura-bas va bandura-kontrabas) turlari ham yaratilgan. Ukrainada Davlat bandurachilar kanellasi tuzilgan boʻlib, ular asosan xalq qoʻshiqlarini ijro qilishadi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar Diakowsky, M. A Note on the History of the Bandura. The Annals of the Ukrainian Academy of Arts and Sciences in the U. S. 4, 3–4 no. 1419, N. Y. 1958, S.21–22 Diakowsky, M. J. The Bandura. The Ukrainian Trend, 1958, no. I, S.18–36 Diakowsky, M. Anyone can make a bandura – I did. The Ukrainian Trend, Volume 6 Haydamaka, L. Kobza-bandura – National Ukrainian Musical Instrument. „Guitar Review“ no. 33, Summer 1970 (S.13–18) Hornjatkevyč, A. The book of Kodnia and the three Bandurists. Bandura, #11–12, 1985 Hornjatkevyč A. J., Nichols T. R. The Bandura. Canada crafts, April–May 1979 p. 28–29 Mishalow, V. A Brief Description of the Zinkiv Method of Bandura Playing. Bandura, 1982, no. 2/6, S.23–26 Mishalow, V. The Kharkiv style #1. Bandura 1982, no. 6, S.15–22 #2; Bandura 1985, no. 13-14, S.20–23 #3; Bandura 1988, no. 23-24, S.31–34 #4; Bandura 1987, no. 19-20, S.31–34 #5; Bandura 1987, no. 21-22, S.34–35 Mishalow, V. A Short History of the Bandura. East European Meetings in Ethnomusicology 1999, Romanian Society for Ethnomusicology, Volume 6, S.69–86 Mizynec, V. Folk Instruments of Ukraine. Bayda Books, Melbourne, Australia, 1987, 48s. Cherkaskyi, L. Ukrainski narodni muzychni instrumenty. (tr. "Ukrainian folk musical instruments ") Tekhnika, Kyiv, Ukraine, 2003, 262 pages.

Havolalar

Ukraina Banduristlar Xori Folk Bandura Online

Turkum:Banduralar