Beglov Boris Mixaylovich (1938-yil 8-iyul, Novomoskovsk) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), texnika fanlari doktori (1975), professor (1983)http://uz.ionx.uz/ - Umumiy va noorganik instituti rasmiy sayti.
Hayoti
Bolalik va yoshligi Beglov Boris Mixaylovich Tula viloyatining Novomoskovsk shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1941 - yilning oktabrida Novomoskovsk shahrini nemis askarlari bosib olgani sababli Beglov oilasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga evakuatsiya qilindi.
1955 - yilda Chirchiq shahrining 8 - oʻrta maktabini kumush medali bilan bitirdi.
1960 - yilda Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida muhandis-texnolog malakasini oldi.
Ish faoliyati 1963 - yilda OʻzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi.
1970 - 1972 - yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi.
1982 - yilgacha institutning fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, soʻngra 1989 - yilgacha institut direktori boʻlib faoliyat yuritdi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli oʻgʻitlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek kimyo jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari, „Kimyo texnologiyasi“, „Boshqaruv va nazorat“ jurnalining tahririyat kengashi aʼzosi boʻlib ish faoliyatini yuritmoqda.
Ilmiy faoliyati 1964 - yilda 26 yoshlik Boris Beglov texnika fanlari nomzodligi ilmiy unvoni uchun Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida dissertatsiya yoqladi.
Oradan 11 yil oʻtib 1975 - yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
1987 - yilda OʻzR Fanlar akademiyasining "Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi" mutaxassisligi boʻyicha aʼzosi deb tanlandi.
2000 - yilda shu mutaxassislik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi boʻlib tanlandi.
Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar qabul qilinganhttp://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Kimyogarlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:8-iyulda tugʻilganlar