Arshavir Grigorevich Boboyev (1919.21.11, Ashxobod — 1999.1.11, Toshkent) — geolog, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1974). geologiya–mineralogiya fanlari direktori (1957), professor (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan neftchi (1964), Ozarbayjon industrial institutini tugatgan (1947). Oʻzbekiston Geologiya vazirligiga qarashli Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedka institutida boʻlim boshligʻi (1969— 89). Lab. mudiri (1989-yildan). Ilmiy ishlari litologiya, paleogeografiya, regional geologiya, geotektonika, neft va gaz konlari geolxiga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning gʻarbiy va janubiy viloyatlarida hamda Misrda neft va gaz konlarini qidirib topish va ishga solishsa ishtirok etgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari