Brabant (Brabant) — oʻrta asrlardagi gersoglik. XV asr oxiridan Niderlandiyadagi tarixiy viloyatlardan biri. Keyinchalik bir qismi Niderlandiya (Shimoliy Brabant viloyati), bir qismi Belgiya (Brabant viloyati, 1830-yildan) tarkibida boʻlgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil