Abulfazl Allomiy (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak; 1551-yil 14-yanvar – 1602-yil 12-avgust) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Abulbarakot Qodiriyning ukasi.
Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning „Akbarnoma“, „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. „Mukotaboti Allomiy“ (boshqa nomi „Inshoyi Abulfazl“) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam qilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimiy hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, „Iyori donish“ („Bilim oʻlchovi“) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-yil Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kishilar Turkum:Adiblar Turkum:Tarixchilar Turkum:1551-yilda tugʻilganlar Turkum:1603-yilda vafot etganlar Turkum:Akbar