Adigey tili – Rossiya Federatsiyasidagi Adigeya va Qorachoy-Cherkasiya Respublikalarida yashovchi adigey xalqining tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-adigey guruhiga kiradi. Adigey tili 4 shevaga boʻlinadi: abadzex, bjedux, temirchoy, shapsuch. Undosh tovushlarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibi asosan bir boʻgʻinli soʻzlardan tashkil topgan. Yozuvi kirill grafikasi asosida"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar