"Amfibiya" ( — ikki xil hayot kechiruvchi) — 1) suvda va quruqlikda yura oladigan avtomobil; kuzovi suv oʻtkazmaydi, suvda suzganida eshkak vinti yoki suv otuvchi harakatlantirgichi uni yurgizadi; suv ruli yordamida boshqariladi; 2) yerdan va suvdan koʻtariladigan hamda yerga va suvga qoʻnadigan, gʻildirakli shassisi boʻlgan samolyot; 3) qorda, suvda, muzda harakatlanishi uchun changʻili kuzovi oʻrniga qayiqchangʻi oʻrnatilgan aerochana; 4) suvda va quruqlikda harakatlanadigan jangovar mashina (tank, bronetransporter va boshqalar)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Avtomobillar