Arpabodiyon (pazandalikda) — shirmoy nonlarning paygari (xamir-turushi)ni tayyorlashda ishlatiladi. A. urugʻi chinni choynak yoki biron idishga solib damlanib, soʻngra uning suviga maydalangan noʻxat ivitiladi, maʼlum muddatdan soʻng hosil boʻlgan koʻpikka un aralashtirib, xamirturush olinadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil