Archa koʻmir — archa daraxtidan tayyorlangan yoqilgʻi. Bunda archa gʻoʻlalar koʻralarga solib kuydiriladi. U choʻgʻ holiga kelganda koʻra ogʻzi somonli loy bilan suvalib, 10-15 kun shu holda saqlanadi (qarang Lista koʻmir). Archa koʻmirdan asosan hunarmandchilikda temirchilar, miskarlar va zargarlar turli xil asboblar yasashda foydalanadilar.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Ko'mir turlari