Ulugʻbek Akbarovich Asqarov (1928.23.2, Toshkent) – terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1970), A. A.Lodyuvning oʻgʻli. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1971–1996), 1997-yildan shu kafedrada professor-konsultant. Ilmiy ishlari antibiotikoterapiya, gematologiya, gastroenterologiya, diyetologiya va farmakoterapiya masalalariga bagʻishlangan. Asqarov Oʻzbekistonda surunkali koligning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:23-fevralda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar