thumb Aeroponika, havoda oʻstirish ( [aero] … va ponos – ish) – oʻsimliklarni tuproqsiz, nam havoda oʻstirish. Oʻsimlik ildizlariga maxsus asboblar yordamida vaqti-vaqti bilan oziq moddalar purkab turiladi. Aeroponika usulini 1910-yil olimi V. M. Arsixovskiy tadqiqot maqsadlari uchun taklif qildi. Keyinchalik Aeroponikadan gulchilik va sabzavotchilikda ham foydalanila boshladi. Aeroponika usulida ildizmevali oʻsimliklar yetishtirish ham oʻzlashtirilgan. Issiqxona, oranjereya, kosmik kemalarda va boshqalarda qoʻllanadi.
Yana qarang Tomchilatib sugʻorish Gidroponika
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Biologiya