Ahmadiya (rasman: Ahmadiya Musulmon Jamoati; arabcha: الجماعة الإسلامية الأحمدية, al-Jamoat al-Islomiya al-Ahmadiya) — XIX asr oxirida Britaniya Hindistonida asos solingan islomiy diniy harakat[Islom va Ahmadiya Jamoati: Tarix, Eʼtiqod, Tajriba]Kitoblarning manbalari. Bu harakat Mirzo Gʻulom Ahmadning (1835-1908) hayoti va taʼlimotlari bilan yuzaga kelgan. U zot oxir-zamonda dunyoga keladigan Isloh qiluvchi (reformator) haqidagi bashoratlarning amalga oshgani va dunyodagi turli dinlarning kitoblarida hamda Islom dinida ham bashorat qilinganidek, Islom dinining soʻnggi gʻalabasini amalga oshirishi kerakligini bildirgan. U 14-hijriy asrning Mujaddidi (Xudodan kelgan Reformator), musulmonlar kutayotgan Masiyhi Mavʼud va Mahdiy ekanini bildirgan[ing sayt. Ikkinchi Boʻlim Hazrat Ahmad (as)ning fikrlari]Barcha Paygʻambarlarning KoʻzgusiBirovni boshqa birovda koʻrish maʼlumotnomasi, 312-betHazrat Mirzo Tohir Ahmad, „Vahiy, aql, bilim va haqiqat“, 7-boʻlim, vahiyning kelajagi. Ahmadiya harakatiga ergashganlar Ahmadiy musulmonlar yoki Ahmadiylar deb ataladilar. Ahmadiy musulmonlar quyidagi eʼtiqodga oʻzgacha urgʻu beradilar: Muhammad Paygʻambarga kelgan Islom insoniyat uchun oxirgi din va asrlardan beri yoʻqolib ketgan uning haqiqiy mazmuni va tub negizini asl holiga keltirishi kerak„Ahmadiya Musulmon Jamoati, ular kimlar?“. Taymz. 27-may, 2008-y.. Ahmadiya oqimiga ergashganlar quyidagicha eʼtiqod qilishadi: Mirzo Gʻulom Ahmad diniy urushlarni toʻxtatish, qon toʻkishlarni tanqid qilish va qaytadan odob-axloq, adolat va dunyoda tinchlikni oʻrnatish uchun Iso Masiyhga oʻxshash boʻlib kelgan. Ular yana bunday deb eʼtiqod qilishadi: ularning fikricha, u zot Muhammad Paygʻambar va dastlabki musulmonlar amal qilib kelgan Islomning haqiqiy va muhim taʼlimotlari yordami bilan Islom dinini fanatizm va bidʼatlardan tozaladi„Obzor“. Ahmadiya Musulmon Jamoatining rasmiy sayti.. Shunday qilib, Ahmadiylar oʻzlarini biz Islomni qaytadan jonlantirib, tinch yoʻl bilan targʻib qilishga yetakchilik qilmoqdamiz deb hisoblaydilar. Mirzo Gʻulom Ahmad 1889-yilning 23-martida mazkur harakatga asos solgan va u „Ahmadiya Musulmon Jamoati“ deb nomlangan. U zot olamdan oʻtgandan keyin bu Jamoat Xalifalar tomonidan boshqarib kelinadi va dunyoning 200dan ortiq davlatlari va mintaqalarigacha tarqalgan. Ahmadiylar Angliya va boshqa Gʻarb davlatlariga kirib kelgan eng dastlabki musulmon jamoatlaridan biri. Hozirda bu Jamoat oʻz Xalifasi – Mirzo Masrur Ahmad tomonidan boshqarib kelinmoqda va rasmiy taxminlarga koʻra yer yuzida uning soni 10-20 million oʻrtasida„Dinlarning yirik tarmoqlari“. Inglizcha. 28 (ing) 2005.„Ahmadiya Musulmon Jamoatining rasmiy sayti: Obzor“.Louton, Kim.Klouduri Barni „Islom oqimi Suriyaga yigʻilishgan“. Bi-Bi-Si yangiliklari.. Koʻpchilik musulmonlar Ahmadiylarni kofir yoki adashgan deb bilishadi va musulmonlarning asosiy qismi ularni umuman musulmon emas deb oʻylashadi. Verman, Marko Gidi, Ruksandra „Ahmadiy Musulmonlar: xorijda tazyiqqa uchrashmoqda, AQShda esa uy-joy qidirishmoqda“. Xalqaro Respublika Radiosi„Ahmadiylar kimlar?“ Bi-Bi-Si yangiliklari. 28-may 2010-y.Burxoni, Ahmad Nojib. Qachon Musulmonlar „Musulmonlar“ emas: Ahmadiya Musulmon Jamoati va Indoneziyadagi ikkiyuzlamachilik ustida soʻzlashuv. Santa Barbara, Kaliforniya: Kaliforniya Universiteti..
Nomning kelib chiqishi
1889-yili Ahmadiya harakatiga asos solingan, biroq „Ahmadiya“ degan nom bir necha yillardan soʻng berilgan. 1900-yilning 4-noyabrida yozilgan bir manifestda Mirzo Gʻulom Ahmad quyidagilarni izohlagan: ushbu nom menga emas, aksincha, Muhammad Paygʻambarning ikkinchi nomi boʻlgan „Ahmad“ga tegishli. Uning aytishicha, „juda koʻp maqtalgan“ degan maʼnoni bildiruvchi „muhammad“ soʻzi Paygʻambarning ulugʻvorligi va kuch-qudratli taqdiri, buyukligi hamda kuch-quvvatiga mansub, „ahmad“ soʻzi esa arabchadan olingan „yuqori darajada maqtalgan“ va „gʻamxoʻr“ degan maʼnoni bildirib, uning vaʼzlarining goʻzalligini ifoda etadi, Muhammad Paygʻambar orqali roʻyobga chiqqan yumshoqkoʻngillik, ochiqyuzlilik, kamtarinlik, sevgi, mehribonlik kabi oʻnlab xislatlarni aks ettiradi. Shuningdek, u Muhammad Paygʻambar oʻz taʼlimotlari orqali dunyoda oʻrnatmoqchi boʻlgan tinchlikka ham tegishlidir. Shunday qilib, Mirzo Gʻulom Ahmad fikricha, mana shu nomlar Islomning ikki aspekti yoki bosqichiga mansub hamda soʻnggi paytlarda tilga olingan aspekti diqqat markazida boʻlishi kerak ediMirzo Gʻulom Ahmad: „Tabligʻ-e-Risolat“, 9-tom, 90-91-bet; Mavlono Murtazo Xon: „Ahmadiyat degan nom va uning zaruriyati“, 1945. Islom dinidagi har qanday oqimlar va mazhablar qabul qilgan minglab har xil nomlarni u zot „bidʼat“ deb, Islom Paygʻambarining ushbu ikki nomi mavjud boʻlgan, deydi„Islomning mohiyati“ 4-tom. Shuning uchun Ahmadiylarning fikricha, „Eski Ahd“da „Musoga oʻxshash“ bir paygʻambar haqida oldindan qilingan bashorat Muhammad Paygʻambarga mansub, Qurʼon boʻyicha esa Iso Masiyh Ahmad nomli paygʻambar haqida oldindan aytgan. (Qurʼon 61:6) Shundan kelib chiqib, Mirzo Gʻulom Ahmad oʻz Jamoatiga „Ahmadiya mazhabi“ deb nom bergan: „Bu (Jamoat)ni „Ahmadiya mazhabidagi musulmonlar“ degan nom bilan ham atash durust“„Taryaqul-Qulub“, „Ruhoniy Xazoin“, 15-tom, 526-bet..
Eʼtiqodlarining xulosasi
Bu Islom harakati boʻlgani uchun (xulosa qilib aytganda, Ahmadiylar musulmon boʻlganlari uchun) ularning eʼtiqodlari Islomdagidek, ayniqsa, ularning eʼtiqodlari koʻproq sunniy rivoyatlariga asoslanadi, masalan, Islomning besh rukni va iymonning olti asosi. Shuningdek, Ahmadiylar Qurʼonni oʻz muqaddas kitobi sifatida qabul qilishadi, namoz ado etganda, Kaʼbaga yuzlanishadi. Hadislar (Muhammad Paygʻambar aytgan soʻzlar va voqealar) hukmini qabul qilishadi va Muhammad Paygʻambarning sunnatiga ergashishadi(Nemischa) 1990, S. 418-420. Mazkur eʼtiqodlar Ahmadiy musulmonlarning asosiy eʼtiqodlari sanaladi. Ahmadiya Musulmon Jamoati eʼtiqodlarining muhim oʻziga xosligi – bu Islom dinining Paygʻambari Muhammad aytgan bashoratga muvofiq Mirzo Gʻulom Ahmadga Vaʼda qilingan Masiyh va Mahdiy qatori ishonishganidir. Mirzo Gʻulom Ahmad oʻz murojaatini xulosalab, bunday deb yozadi: Alloh taolo menga ortib, meni yuborgan burch shu: Alloh taolo bilan Uning bandalari oʻrtasidagi aloqada paydo boʻlib qolgan shak-shubhani bartaraf etib, sevgi-muhabbat va ixlos aloqasini tiklash uchun, haqiqatni oshkor etib, diniy urushlarga chek qoʻyib, sulhga asos solish uchun, dunyoning koʻzidan pinhon boʻlib ketgan diniy haqiqatlarni yuzaga chiqarish uchun, nafsoniy qorongʻilik ostida bosilib qolgan ruhoniyat namunasini koʻrsatish uchun, insonning ichiga kirib, diqqat-eʼtibor yoki duo orqali roʻyobga chiqadigan Alloh taolo kuch-quvvatlarining holatini quruq soʻzlar bilan emas, balki amaliy shaklda koʻrsatish uchun, eng muhimi, turli xil shirk aralashuvidan xalos boʻlib, hozirgi kunda yoʻqolib ketgan yarqiroq Tavhiyd (Allohning yagonaligi) niholini qaytadan mangulikka oʻtqazish uchun yuborilganman. Shularning barchasi mening kuchim bilan boʻlmay, osmon bilan yer Xudosining qudrati bilan boʻladiA.R. Dard: Ahmadning tarjimai holi. Xalqaro Islom Nashri. XV-bet.. Bunga bogʻliq u oʻzining maqsad-muddaosi Islomni himoya qilish va tinchlik yoʻli bilan butun dunyoga tarqatish, Islomning unutib yuborilgan tinchlik, kechirish va barcha insonlarga mehribon boʻlish kabi qadriyatlarni tiklash va Islom taʼlimoti orqali dunyoda tinchlikni oʻrnatish ekaniga ishonadi. U zot oʻzi haqidagi xabarning moddaparastlikka botib ketgan Gʻarb dunyosi bilan oʻzgacha aloqasi borligiga ishonadi(Nemischa) 2007, S. 158]. Ahmadiya taʼlimotlariga koʻra, dunyodagi barcha yirik dinlarning kelib chiqishi Alloh taolo tomonidan boʻlib, Uning ilohiy rejasi Islomni oxirgi din sifatida oʻrnatish edi, chunki u eng mukammal boʻlib, boshqa dinlarning oldingi barcha taʼlimotlarini ham oʻz ichiga olgan din edi„Masiyhi Mavʼud – Joylashtirilgan bashoratlar“. Jamoatning rasmiy sayti.. (Biroq ular boshqa barcha dinlarning oʻz asl shaklidan uzoqlashib, buzilganiga ishonishadi). Din taraqqiyoti Muhammad kelishi bilan mukammallashdi; Muhammad paygʻambarchiligining „dastur“i Mahdiy kelishi bilan toʻliqlanib, uning paygʻomi tarqalishi kerak edi„Qurʼoni Karim“. Jamoatning rasmiy sayti.. Mana shunga koʻra, Ahmadiya Musulmon Jamoati Mirzo Gʻulom Ahmadni Ibrohimga taalluqli diniy kitoblarda uchraydigan bashoratlar, shuningdek, Zoroastrizm dinida, Hindistondagi dinlarda, mahalliy amerikaliklar anʼanalarida va boshqalarda uchraydigan bashoratlarni tasdiqlovchi „Vaʼda qilingan inson“ sifatida qabul qilishadiHazrat Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad: Ahmadiyaga daʼvat. 3-bob, 4-dalil, „Barcha dinlarga oldindan xabarlangan – Masiyhi Mavʼud“ boʻlimi.. Ahmadiy musulmonlar Allohning yagonaligini oʻrnatish va insonlarni Allohga va Allohning tabiatiga mansub burchlarni qayta eslatish uchun Mirzo Gʻulom Ahmad Muhammad paygʻambarchiligining haqiqiy namunasi sifatida Alloh taolo tomonidan tayinlangan deb ishonishadiSaymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 32-33-bet.Nosir Mahmud Malik, Milliy Tarbiya ishlari Kotibi, AQSH (2007).. Islom eʼtiqodlarini xulosalab, Ahmad shunday yozadi: „Iymonning faqat ikkita mukammal qismi bor: biri – Allohni sevish; ikkinchisi – insoniyatni shu qadar qattiq sevishki, ularning boshiga tushgan qiyinchiliklarni, sinovlarni va balo-qazolarni oʻziniki deb oʻylash va ular uchun duo soʻrash“„Islom – bu Xavf yoki Tinchlik Manbai“. Dinlar Obzori.. Ahmadiya eʼtiqodi soʻnggi damlarda Islom dinini qaytadan tiklayotganligini bildiradi. Chet davlatlarda Ahmadiya Jamoatining missionerlik faoliyati bir tizim sifatida 1913-yili boshlangan (masalan, London shahridagi Patni nomli hududda Angliya missiyasi)Egdunas Rasius. Islom Targʻibotining Koʻp qirrali Xususiyati (PDF) Xelsinki Universiteti. 158-160-bet.. Baʼzi tarixchilar Ahmadiya harakatini afrika-amerikaliklar tomonidan Amerikada fuqarolik huquqlarini olish uchun boshlangan harakatga rahbarlik deb oʻylashadi. Baʼzi mutaxassislarningMaykl Andjelo Gomes. (2005). Qora J. Amerikada afrikalik musulmonlarning tajribasi va merosi. Kembridj Universiteti Nashri. 254-256-bet. fikriga koʻra, 1950-yillargacha Ahmadiya „Afrika-amerikalik musulmonlar orasida koʻp taʼsir koʻrsatuvchi Jamoat“ sifatida tanilgan. Bugungi kunda dunyoda eng faol missionerlik dasturlari bor jamoatlarning biri Ahmadiya Musulmon Jamoatidir. Ayniqsa, keng miqyosda Afrikada tarqalgan. Koloniyalashtirish davrida mazkur Jamoat koʻproq shu kontinentda Islomni tarqatish bilan ahamiyatga egaTimoti Miller (1995). Amerikaliklarning muqobil dinlari. Nyu-York Milliy Universiteti Nashri. 280-bet..
Iymon asoslari
Ahmadiy Musulmonlar musulmonlarning koʻpchiligi tutgan eʼtiqodlargagina amal qilishlarini bildirishadi, biroq „Xotaman-Nabiyyin“ soʻzining maʼnosida esa boshqalardan farqlanishadi. Muhammad sunnatiga asoslangan, sunniy musulmonlar ishongan iymonning olti asosi boʻyicha ular oʻzaro hamfikr:
Allohning yagonaligi
Ahmadiy musulmonlar albatta, Allohning yagona ekanligiga keskin ishonishadi. Mazkur Jamoatning tushuntirishi boʻyicha, bu tamoyilni qabul qilish juda ham zarur va u Islomning asosiy tamoyilidir. Islomdagi boshqa barcha eʼtiqodlar shu eʼtiqoddan kelib chiqadi. Allohning yagona ekanligiga ishonish inson hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Shuningdek, unda keng va teran maʼno bor deb tushunishadi. Masalan, Allohning yagonaligini tushuntirib, „Xudodan boshqa hamma narsani qamrab oluvchi kuch yoʻq“ degan bayonot Allohdan qoʻrqishdan boshqa barcha qoʻrquvlarni rad etadi, deb tushunishadi. Bu butunlay Allohga tavakkal qilish va har bir yaxshilik Undangina kelishiga eʼtiborni qaratadi. Umuman, Allohning yagonaligiga ishonish moʻmin-musulmonlarni nafsoniy xohishlarning, qulchilikning va his-tuygʻularning dunyoviy ehtiyojlarining barcha koʻrinishlaridan qutqaradi, deb tushunishadi. Jamoatning asoschisi bunday yozadi: