Gʻulom Ahmedovich Ahmedov (1916-yil, 8-noyabr, Turkiston shahri, Qozogʻiston) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari doktori (1973), professor (1986). 1937-1941-yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy yuridik akademiyasida taʼlim olgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959-1996), 1997-yildan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish, xususan, giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. Huquqshunoslikka doir lugʻatlar tuzgan, oʻzbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qoʻshgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Huquqshunoslar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:Huquqshunoslik