Ventil fotoelementi — yorugʻlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan yarimoʻtkazgich asbob. Ishi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 1953-yil kremniy (Si) monokristallidan f.i. k. 6% boʻlgan ventil fotoelementi olindi, keyinchalik f. i. k. 15% gacha yetkazidsi. F. i. k. 1% gacha boʻlgan oddiy ventil fotoelementi asosan avtomatikada qoʻllanadi. Kremniy ventil fotoelementi sunʼiy yoʻldosh va kosmik kemalar bortiga ham oʻrnatiladi, oʻlchov asboblarini elektr energiyasi bilan taʼminlab turadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil