Georg Wittig (1897.16.6 — 1987.26.8) — nemis organik kimyogari. Uning tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bagʻishlangan. Georg Wittig Fenillitiy taʼsirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslab bergan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Bundan tashqari, Georg Wittig pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonli birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaksiyasini kashf etgan (qarang Vittig reaksiyasi, 1954). Bu kimyogar tripiyensenni ham sintez qilgan (1956). YANR usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Georg Wittig Nobel mukofoti laureati hamdir (1979, Herbert C. Brown bilan hamkorlikda)Nobel mukofoti sovrindorlari"VITTIG (Wittig) Georg" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyunda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:26-avgustda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari