Roman Vasilyevich Gershanik [1898.18.2(3.3), Yelizavetgrad, hozirgi Kirovograd — 1983.21.3, Moskva] —rus grafik rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashab ijod qilgan; respublikaning taniqli kishilari portretlarini yaratgan: "Oʻzbekistonning mashhur kishilari" (1941-1944); "Ilgʻor paxtakorlar" turkumlari (1957—1958); "Yosh muallima" (1960—1961) va b. Plakatlar ham ishlaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:3-martda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:21-martda vafot etganlar