Antonín Dvořák (; 1841-yil, 9-avgust, Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlogʻi — 1904-yil, 5-yanvar, Praga) — chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va sanʼat akademiyasining aʼzosi (1890), Praga konservatoriyasining professor (1891) va direktori (1901-yildan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). Dvořák merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865— 93), simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida "Avliyo Lyudmila" oratoriyasi (1886), "Madhiya" kantatasi (1873) alohida oʻrin tutadi. "Yangi dunyodan" nomli 9-simfoniyasi (1893)da Dvořák Yevropa simfonizm" anʼanalarini yangi — chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. Dvořák ijodi chex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori choʻqqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sugʻorilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy Dvořák musiqasi oʻzining hayotbaxshligi, romantik joʻshqinligi bilan ajralib turadi.
Manbalar
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Klassik musiqa Turkum:Bastakorlar Turkum:1841-yilda tugʻilganlar Turkum:9-avgustda tugʻilganlar Turkum:5-yanvarda vafot etganlar Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Musiqa haqidagi chala maqolalar Turkum:Sanʼatga oid chala maqolalar