Desensibilizatsiya (de... va sensibilizatsiya) — organizmning yot (koʻpincha, oqsil) moddalar (allergenlar), mikroblar va b.ga ortiq darajada sezgirligi (sensibilizatsiya)ni bartaraf qilish yoki kamaytirish. Organizmga unga yot boʻlgan oqsil yuborilganda maxsus modda — antitelo hosil boʻladi. Oqsil qayta yuborilganda antitelo u bilan oʻzaro taʼsirlashib zardob kasalligini yoki boshqa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (qarang: Allergiya). Gistamint karshi vositalar, oltingugurt preparatlari, pig rogen moddalar, aloe va b. desensibilizatsiyalovchi xususiyatga ega. Zardob preparatlari kayta yuborilganda, ular qoʻzgʻatadigan anafilaksiyaning oldini olishda D. allergik kasalliklarni da-volash usuli sifatida qoʻllanadi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil