Dehqonobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzilgan). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyatining Boysun va Sariosiyo tumanlari, gʻarbda Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km. Aholisi 162,7 ming kishi (2025). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqmachit Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi"" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Tabiati Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — Bobosurxok, Qora sirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materiallari (ohaktosh, shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Gʻuzordaryoning irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Tumanning janubi-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va boshqalar uchraydi. Kemiruvchilardan kalamush, sichqon, qushlardan kaklik va boshqalar yashaydi.

Aholisi Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km ga 40,7 kishi. Shaharliklar 30,9 ming kishi, qishloq aholisi 131,8 ming kishi (2025-yil).

Iqtisodiyoti Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 7,90 mln. soʻm sof foyda olgan. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Gʻuzor — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli oʻtgan.

Ijtimoiy soha 2000/01-oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).

Moddiy madaniy meros obyektlari Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Arxeologiya yodgorliklari Tumanda jami 33 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Dunyotepa XVI asr Bogʻchorbogʻ MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Minortepa XIII asr Bogʻchorbogʻ MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 3 Tillatepa XVI asr Beliboyli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 4 Xumdontepa XI—XIII asrlar Paxtachi MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 5 Chashtepa XI—XII asrlar Obirobon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 6 Gaburdentepa XII—XV asrlar Duob MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 7 Qoʻrgʻontepa XI—XIV asrlar Bogʻchorbogʻ MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 8 Qoʻrgʻontepa XI—XVI asrlar Beliboyli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 9 Qoʻrgʻon Toshgʻuzortepa XIV—XVIII asrlar Beliboyli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 10 Eshonshayittepa XI—XIV asrlar Beliboyli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 11 Qizlarxon otatepa XII—XVII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 12 Munchoqtepa XIII—XIX asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 13 Qoʻrgʻontepa XVI—XVII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 14 Munchoqtepa IX—XII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 15 Nomsiztepa IX—XII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 16 Eskiqoʻrgʻontepa X—XI asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 17 Boʻztepa XII—XVII asrlar Torqapchiq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 18 Xoʻjaipoktepa IX—XII asrlar Qoʻrgʻontosh MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 19 Qoʻrgʻontepa IX—XII asrlar Qoʻrgʻontosh MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 20 Qoʻrgʻonsoyatepa IX—XIII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 21 Eski-uy qurilish qoldiqlari XI—XII asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 22 Qarashina yodgorligi IX—XV asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 23 Nomsiztepa I IX—XV asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 24 Nomsiztepa II IX—XIV asrlar Oʻzbekiston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 25 Katta oʻra yodgorligi XII—XVII asrlar Koʻkabuloq QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 26 Qoʻrgʻontepa X—XIII asrlar Koʻkabuloq QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 27 Koʻkabuloq otatepa XII—XIV asrlar Koʻkabuloq QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 28 Dunyotepa IX—XIII asrlar Koʻkabuloq QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 29 Qoʻrgʻontepa X—XVI asrlar Koʻkabuloq QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 30 Choygultepa XV—XVII asrlar Obirobon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 31 Boyqoʻrgʻontepa XII—XVII asrlar Obirobon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 32 Sochtepa XVI—XVIII asrlar Obirobon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 33 Bozortepa XII—XVII asrlar Obirobon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari Tumanda jami 4 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Oqsaroy qalʼasi 1890-yil Oqrabod QFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Sari qoya togʻ XVIII asr Dehqonobod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 3 Rabot 1910-yil Dehqonobod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 4 Kalta minor masjidi XVIII asr Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Mirzo Ulugʻbek haykali 1980-yil Dehqonobod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oʻrnatilgan yodgorlik 1980-yil Dehqonobod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylari

Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joy milliy roʻyxatga kiritilgan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Xoʻjai pok ota maqbarasi XVII asr Qoʻrgʻontosh MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston tumanlari Turkum:Qashqadaryo viloyati tumanlari