Diskrazit (yun. diskrasiya — yomon qotishma) — mineral. Kimyoviy formulasi AgjSb. Rombik singoniyali. Yaxlit mayda donachalar holida uchraydi, Rangi kumushsimon okdan tuk, kulranggacha. Yaltiroqligi yorqin metallsimon. Qat. 3,5—4. Zichligi 9,8 g/sm3. Gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. D. Oʻzbekistonda Qurama togʻlaridagi Oqtepa, Konimansur va Oltintopgan polimetall konlarida topilgan. Xorijda Chili, Avstraliya, Kanada, Rossiyada oltin, kumush va polimetall konlarida maʼlum.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil