Dominanta ( — ustuvor) — major-minor tizimidagi tovushqatorning beshinchi pogʻonasi va shu pogʻonada tuzilgan akkord turi. V raqami yoki lotincha D harfi bilan belgilanadi. Yevropa koʻpovozlik tonal musiqasida muhim garmonik funksiya boʻlib, musiqa bayonining tonika (asosiy tayanch parda) ga intilishini kuchaytiradi.
Manbalar