Durun — oʻrta asrlarga oid shahar harobasi. Jan. Turkmanistonning Baharden temir yoʻl stansiyasidan 5 km sharkda. Mustahkam arkqalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Arkqalʼa toʻrtburchak shaklida, mayd. 120x50 m, bal. 11 – 12 m. Shahristonning mudofaa devorlari jan. va gʻarb tomondan arkka tutashgan. Shahar atrofi ochiq. D. XV asr manbalarida tilga olinadi. Eng qad. yodgorliklari IX asrga oid. Shaharning gullagan davri XIV asrga toʻgʻri keladi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Turkmaniston