right|210px|thumb|Vincent du Vigneaud Dyu Vinyu Vinset (1901.18.5, Chikago — 1978-yil, 12-noyabr) — amerikalik biokimyogar. Sent Luisdagi J. Vashington universiteti (1932-yildan) va Kornell universiteti Tibbiyot kolleji professor (1938-yildan). Ilmiy ishlari asosan gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar kimyosiga oid. D. insulinning kimyoviy tuzilishini tekshirgan, oksitotsin (1932) va vazopressinlarning har biri yopiq qalqa shaklidagi S—S bogʻlar hosil qiluvchi 8 ta aminokislotadan tashkil topganligini aniklagan. Avstriyalik biokimyogar E. Tuppiga bogʻliq boʻlmagan holda oksitotsinni kristall holatda ajratib olgan (1953). Penitsillinni sintez qilish mumkinligini koʻrsatib bergan, V guruhi vitaminlarining olinish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1955)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:18-mayda tugʻilganlar Turkum:11-dekabrda vafot etganlar Turkum:Amerikalik kimyogarlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari