Janubiy Xitoy dengizi — Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni ; hajmi — 3622 ming km. Chuqurligi janubi-gʻarbida 200 m, shimoli-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuqurligi : 1140 m. Janubiy Xitoy dengiziga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va boshqa daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyam. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial. Qishda shimoli-sharqiy, yozda janubiy va janubiy-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34 promille. Yogʻingarchilik yiliga 2000-2500 mm ni tashkil etadi. Suv qalqishi 5,9 m gacha boʻlishi mumkin. Dengizda baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi.
Yirik portlari Bangkok Xoshimin Syangan Guanchjou Shantou Xayfon Manila
Janubiy Xitoy dengizidan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan"" OʻzME. J-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yoʻnalish: Sharqiy Osiyo — Yevropa yoʻli; Xitoy / Yaponiya / Janubiy Koreya
- Janubiy Xitoy dengizi
- malakka boʻgʻozi
- Hind okeani
- Suveysh kanali
- Yevropa
Ahamiyati: Eng muhim global savdo yoʻli; sanoat mahsulotlari va konteyner tashuvlarining katta qismi shu yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.
Janubiy Xitoy dengizi — dunyodagi eng muhim va strategik suv havzalaridan biri boʻlib, osiyo mintaqasida katta iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga ega.
Yaqin Sharq — Sharqiy Osiyo neft yoʻli:
Yoʻnalish; Fors qoʻltigʻi
— Ormuz boʻgʻozi
— Hind okeani
— Malakka boʻgʻozi
— Janubiy Xitoy dengizi
— Xitoy, Yaponiya
Ahamiyati: Osiyo davlatlari uchun asosiy neft va gaz taʼminot yoʻli.
Janubiy-Sharqiy Osiyo ichki savdo yoʻllari:
Yoʻnalish; Avstraliya
— Indoneziya boʻgʻozi
— Vetnam / Filippin / Malayziya
Ahamiyati: Temir rudasi, koʻmir va boshqa xomashyolar tashish uchun muhim.
Manbalar
Turkum:Dengizlar