Mixail Mixaylovich Zoshchenko [1895.29.7 (10.8), Peterburg – 1958.22.7, Leningrad] – rus yozuvchisi, hajvchi, „Ogʻa-ini Serapionovlar“ adabiy guruhining aʼzosi. 1921-yildan vaqtli matbuotda kichik asarlar bilan muntazam katnasha boshlagan. „Nazar Ilich, janob Sinebryuxovning hiko-yalari“ toʻplami (1922) va undan keyin yozgan hikoyalari Zoshchenkoni mashhur qildi. Zoshchenko ilk asarlari („Hurmatli fuqarolar“, 1926; „Kimning ustidan kulyapsiz?“, 1928)da yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davridagi meshchanlar ustidan kuladi. „Qora shahzoda“ (1936), „Qasos“ (1937), „Taras Shevchenko“ (1939) va b. qissalar muallifi. Zoshchenko asarlari VKP (b) MK ning „Zvezda“ va „Leningrad“ jurnallari toʻgʻrisida" gi (1946) qarorida shoʻro voqeligiga tuhmat sifatida ayovsiz tanqidga uchraganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:29-iyunda tugʻilganlar Turkum:1958-yilda vafot etganlar Turkum:22-iyulda vafot etganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Rossiya imperiyasida tugʻilganlar