Izolyatsiya (texnika va qurilishda) — asbob-uskunalarni, shuningdek, bino va inshootlarning toʻsuvchi konstruksiyalarini ishlatish va b.da atmosferaning zararli taʼsirlaridan himoya qilish; elektr yoki issiqlik energiyalarining yoʻqolishini oldini olish boʻyicha, elektrotexnik qurilmalar, roʻzgʻorda ishlatiladigan elektr asboblar yordamida energiyadan xavfsiz foydalanish boʻyicha, asbob-uskunalarning shovqinsiz ishlashi boʻyicha tadbirlar majmui. Mas, binolar, issiqlik qurilmalari, sovitish kameralari va b. obʼyektlarning atrof-muhit bilan keraksiz issiqlik almashinuvini oldini olish uchun obʼyektlar issiqlik izolyatsiya materiallari bilan bir yoki bir necha qatlamda oʻraladi (toʻsiladi) (yana q. Gidroizolyatsiya, Tovush izolyatsiyasi, Elektr izolyatsiya materiallari)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar